Buxoro yangiliklari
Buxoro shahrida “Islom tamadduni namoyandalari” xiyoboni qad rostlamoqda
“Sayfiddin Boxarziy” mahallasida joylashgan ziyoratgoh hududida barpo etilayotgan “Islom tamadduni namoyandalari” xiyoboni tobora aniq qiyofa kasb etmoqda. Ushbu majmua islom ilm-fani va ma’naviy merosiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar xotirasini abadiylashtirishga xizmat qiladi.
Xiyobon hududida Abu Havs Kabir, Abu Bakr Kalobodiy, Mustamliy Buxoriy, Hazrat Poyanda Muhammadshoh Axsaviy (Fayzobod) kabi mashhur islom ulamolarining memoriallari, shuningdek, masjid binosi, tahoratxona, hunarmandchilik markazi, mehmonxona, kutubxona va anjumanlar zali barpo etilishi rejalashtirilgan.
“Family park” qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu masjid arxitekturasida Sayfiddin Boxarziy hamda Bayonqulixon maqbaralaridan andoza olingan bo‘lib, masjid ikki tarixiy inshoot bilan uyg‘un ravishda bunyod etilmoqda.
Xiyobonning “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar – joylar markazi yaqinida barpo etilayotgani esa uning nafaqat sayyohlar hordiq chiqaradigan, balki mehmonlarning milliy va diniy qadriyatlarimizga oid bilim va tushunchalarini boyitadigan go‘shaga aylanishidan dalolat beradi.
Ayni paytda 2 ming nafar namozxonga mo‘ljallangan masjid va zamonaviy tahoratxona qurilishi jadal davom etmoqda. Kecha, 10-fevral kuni viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur hududga tashrif buyurib, masjid, tahoratxona, xiyobonning ma’muriy qismi hamda tamaddun markazida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan joyida tanishdi.
Viloyat rahbariga majmuada yaratiladigan sharoitlar, rejalashtirilgan qo‘shimcha loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Botir Zaripov loyiha bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilash masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, qurilish materiallari ta’minoti va amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur majmua kelgusida nafaqat ziyorat, balki ma’naviy-ma’rifiy markaz sifatida ham muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


