Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyat soliq boshqarmasi tomonidan soliq auditi tekshiruvi natijalariga ko‘ra korxonaga belgilangan jarima Oliy sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi
Vobkent tumanida faoliyat yurituvchi “G.E.” oilaviy korxonasi soliq organi tomonidan qo‘llanilgan jarimadan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, oilaviy korxona tomonidan 2022-yilda Xitoy davlatidan texnologik uskuna import qilingan hamda uskuna ishga tushirilgan. Keyinchalik, oilaviy korxona faoliyatida Buxoro viloyat soliq boshqarmasi tomonidan soliq auditi tekshiruvi o‘tkazilib, import qilingan uskuna saqlanayotgan yer uchastkasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan ijara shartnomasi soliq organida hisobga qo‘yilmaganligi ta’kidlanib, import qilingan uskuna mavjud emas deb e’tirof qilingan holda oilaviy korxonaga kamomad uchun 1 mlrd so‘m jarima qo‘llanilgan.
Murojaatni o‘rganish davomida soliq organi tomonidan qonun hujjatlari talablari noto‘g‘ri talqin qilingan holda jarima qo‘llanilganligi aniqlandi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentyabrdagi 595-son qarorining 3-bandi talabiga ko‘ra, soliq organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ko‘chmas mulk ob’ektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari sanoqdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilmaydi hamda mavjud emas deb hisoblanadi.
Oilaviy korxona tomonidan import qilingan uskuna tovar-moddiy zaxira qoldig‘i emas, balki asosiy vosita sifatida e’tirof qilinsa-da, soliq organi qayd qilingan talab asosida tadbirkorga jarima qo‘llagan. Soliq organi qarori yuzasidan tadbirkor sudga murojaat qilgan bo‘lsa-da, quyi instansiya sudlari tomonidan ariza va shikoyatlar rad qilingan.
Murojaatni o‘rganish davomida oilaviy korxona manfaatida qabul qilingan quyi instansiya sud qarorlari yuzasidan Oliy sudga taftish tartibida shikoyat kiritildi. Oliy sud ma’muriy sudlov hay’ati taftish instansiyasining 2026-yil 23-yanvardagi qarori bilan qabul qilingan quyi instansiya sud qarorlari bekor qilingan holda soliq organining oilaviy korxonaga nisbatan jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarori haqiqiy emas deb topildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


