Özbekiston

Buxoroda Telegram orqali narkotik sotgan fuqarolar ushlandi

photo
Foto: Prokuratura departamenti

Loading

Buxoro viloyatida internet orqali giyohvandlik vositasi sotish bilan bog‘liq yana bir holat fosh etildi. Bu safar savdo Telegram messenjeri orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bir guruh shaxslar Telegram’da kanal/bot tashkil qilib, narkotik savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.

Ular fuqaro bilan kelishib, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 0,97 gr “gashish”ni 810 ming so‘mga sotishga rozi bo‘lgan. Pul kelishilgach, “tovar”ni qo‘lga berish o‘rniga yashirin joyga qoldirish usulidan foydalanishgan.

Aniqlanishicha, giyohvandlik vositasi Kogon tumani “Suxor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi kanal bo‘yidagi beton konstruksiya orasiga yashirib qo‘yilgan. Xaridor esa joylashuvni ko‘rsatma orqali olishi kerak bo‘lgan.

Tezkor tadbir natijasida ushbu noqonuniy harakatlar fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi — ya’ni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek ularni noqonuniy ravishda sotish — bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda ish tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan va surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Internet va messenjerlar orqali “yashirin savdo” qilish urinishlari esa huquq-tartibot organlari nazoratidan chetda qolmayotgani yana bir bor ko‘rinmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.