Jahon
Germaniya Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
Germaniya Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash niyatida. So‘nggi yillarda mintaqaga Xitoy va Rossiya tomonidan katta sarmoyalar kiritilib, strategik sheriklik kengaygani fonida Berlin ham bu hudud bilan yaqinroq ishlashga intilmoqda. Bu haqda “Euronews” xabar qilmoqda.
Haaftaning chorshanba kuni Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Jonn Vadepul Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlari bilan uchrashdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi iqtisodiy hamkorlik bo‘ldi.
Vazirning ta’kidlashicha, Yevropa ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilishga intilmoqda. Ayniqsa, noyob yer metallar va strategik xomashyo bo‘yicha Xitoyga qaramlikni kamaytirishda Markaziy Osiyo muhim rol o‘ynashi mumkin.
“— Xalqaro tartib beqarorlashgan bir paytda Germaniya ishonchlilik, barqarorlik va ochiqlikni taklif qila oladi”, — dedi Vadepul jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatli maqsad — Yevropa bilan Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish. Vazir mintaqa “geosiyosiy chorrahada” joylashganini va u Xitoyning kuchayib borayotgan ta’siri hamda Rossiyadan kelayotgan tahdidlarga qarshi muvozanat saqlashi zarurligini ta’kidladi.
Ayni paytda Qirg‘iziston Rossiyaga Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tishda yordam berayotgani haqidagi tanqidlar ostida qolmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Yevropa Ittifoqidan avtomobillar xarid qilib, ularni Rossiyaga qayta sotmoqda.
Vadepul “Euronews” savoliga javoban Germaniyaning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmaganini bildirdi va barcha hamkorlarni sanksiyalarni chetlab o‘tish holatlarining oldini olishga chaqirdi.
OAV xabarlariga ko‘ra, Bryussel Qirg‘izistonga ayrim tovarlar eksportini cheklashni ko‘rib chiqmoqda. Gap aloqa uskunalari hamda kompyuterlashtirilgan metallga ishlov berish stanoklari kabi ikki maqsadli — fuqarolik va harbiy sohada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida ketmoqda. Shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston banklariga nisbatan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining 20-paketi doirasida choralar qo‘llanishi mumkin.
Muzokaralardan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlari vazirlari Germaniya biznes doiralari vakillari bilan uchrashdi. Tadbir Sharqiy Yevropa iqtisodiy aloqalar qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.
Mutaxassislar Markaziy Osiyoni yuqori o‘sish sur’atlariga ega dinamik mintaqa sifatida baholamoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda hudud iqtisodiyoti 6 foizdan ortiq o‘sishni qayd etgan. Energetika, xomashyo va infratuzilma yo‘nalishlarida hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjud ekani ta’kidlanmoqda.
Shu tariqa, Germaniya Markaziy Osiyoni nafaqat iqtisodiy hamkor, balki strategik ahamiyatga ega geosiyosiy hudud sifatida ko‘rmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


