Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda “guvohnoma olib beraman” degan avtomaktab rahbari qo‘lga tushdi

photo
Foto: Prokuratura departamenti

Loading

Gʻijduvonda yana bir firibgarlik holati fosh etildi. Bu safar gap haydovchilik guvohnomasi atrofidagi noqonuniy “xizmat” haqida bormoqda.

Tergovga qadar tekshiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, tumandagi “M.A.” MChJ avtomaktabi rahbari ikki nafar fuqaro — D.R. va S.R. ning ishonchiga kirgan. U ularning farzandlariga “B” va “C” toifadagi haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan.

Reja oddiy: go‘yoki o‘qiganlik haqida imtihon varaqasi rasmiylashtirib, tayyor guvohnoma beriladi. Buning evaziga esa 16 million so‘m talab qilingan.

Natijada, aytilgan summa qo‘lga kiritilgan. Keyinchalik 6 million so‘m qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yana bir bor eslatib o‘tish joiz: haydovchilik guvohnomasi faqat qonuniy tartibda, belgilangan imtihonlardan o‘tish orqali beriladi. “Tez va oson hal qilib beraman” degan takliflar esa ko‘pincha firibgarlik bilan tugaydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.