Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (14.02.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 14-fevral, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun nimaiki ish qilmang, qanday harakatlarni sodir etmang, faqat o‘z kuch, imkoniyatingizgagina suyaning.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Oilaviy hayotingizda muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Sokinlik, ahillik, garmoniya hukm surishi kutilmoqda.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Bajarishingiz lozim bo‘lgan ishlarning sanog‘i yo‘q. Faqat dangasalikka erk bermasangizgina ularni kechga qadar uddalay olasiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Salomatligingizni mustahkam tuting. Kechqurun ovqatlanish me’yoriga amal qiling.

Arslon (24.07 — 23.08)

Tirikchilik uchun amalga oshiradigan ishlaringizda ham ba’zilar sizni chuv tushirishga urinib ko‘rishi ehtimolga yaqin. Sergak bo‘ling.

Parizod (24.08 — 23.09)

Elektr va yoqilg‘iga ishlaydigan uskunalardan foydalanishda hushyorlikni oshiring

Tarozi (24.09 — 23.10)

Ilgari o‘zingiz hurmatlaganlar bugun sizga qarshi turli amallarni sodir eta boshlashi kutiladi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Pul masalasini ijobiy hal etish uchun yuqori lavozimli, badavlat tanishlarga murojaat etishingiz kerak bo‘ladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Shaxsiy hayotda juftingiz haqida qandaydir yoqimsiz xabarlar eshitishingiz ehtimoli bor. Siz u bilan jiddiy, sokinlikda gaplashib oling. Shugina masalaga oydinlik kiritadi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Muhabbatda oila qurmagan yigitlarning ayrimlari tanlaganining qo‘lini so‘rashi kutilmoqda. Bundan chiqdi, to‘y yaqin ekan-da!

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Kun mobaynida yaqin do‘stlaringizdan biri sizga bir umr yoddan chiqmaydigan yaxshilik qilishi kutiladi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Shaxsiy hayotingizga oid rejalarning deyarli barchasi mushkulotlarsiz hal bo‘ladi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.