Islom

Alloh taolo marhamat qiladi: Duo qilinglar ijobat qilaman!

photo
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Alloh taolo Qur’oni Karimda shariat ko‘rsatmalarini zikr qilib, biz bandalariga mehribon va rahmli ekanligini takror va takror eslatadi. Shu bilan birgalikda bandalari barcha tilak istaklarini undan so‘rashliklarini aytib duoga targ’ib qiladi. Bu haqda Alloh taolo marhamat qiladiki:

Duo qilinglar ijobat qilaman!

Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s. a. v.) hadisi shariflarida marhamat qilib aytadilarki: “Duo ibodatdir”. Oyati karimalar va hadisi shariflardan bizlarga malum bo’ladiki, duo ibodat darajasiga ko‘tarilgan. Biz mo’min musulmonlar duo qilishlikda Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s. a. v.)dan ibrat olamiz.

Abu Hurayra (r. a.)dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (s. a. v.) aytadilar: “Sizlardan birortalaringiz duo qilsa Allohim xoxlasang kechir, xohlasang rahm qil, xohlasang rizqlantir demasin. Qasd qilsin so‘raydigan narsasini. Albatta Alloh xohlaganini qiladi. Uni majburlovchi yo‘q” (Imom Buxoriy rivoyati).

Bu hadisni sharhlagan ulamolarimiz aytadilarki bunday tarzda duo qilishlik bandaning duosini qabul bo‘lishligiga gumoni borligini bildiradi. Alloh taolo sahiy zot. Bahil emas, xohlagan bandasiga xohlagan narsasini beradi.

Abu Huayradan (r. a.) rivoyat qilingan boshqa bir hadisda Payg‘ambarimiz (s. a. v.) marhamat qiladilarki: “Duo qilinglar Allohga uni ijobat bo‘lishligiga ishongan holatda. Bilinglar albata Alloh g‘ofil, beparvo qalbdan chiqan duoni qabul qilmaydi” (Imom Termiziy rivoyati).

Bu hadisi sharifni sharhida ulamolarimiz aytadilarki avvalambor, duo qiladigan banda duosi qabul bo‘lishligiga ishonishi kerak. Undan keyin munkar ishlardan tiyilib, duoning qabul bo’lish shartlariga rioya qilgan holatda, qalbini hozirlab, ixlos bilan duo qilsa ijobat bo‘ladi deydilar.

Hadisi shariflardan ibrat olib, Alloh taologa duo qilayotgan vaqtimizda Payg‘ambarimiz (s. a. v.)ni biz umatlariga bergan ko‘rsatmalariga muvofiq xojatlarimizni parvardigori olamdan so‘rasak inshaAlloh beradi. Alloh taolo bandalariga o‘ta mehribon va rahimli zotdir.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.