Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (15.02.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 15-fevral, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Buguningiz siz umid qilgan kabi u darajada sokin kechmasligi tayin. Chunki barcha rejalar ham amalga oshavermasligi kutilmoqda.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Shamollash alomatlari sezilsa, vrach maslahatiga suyangan holdagina muolajalarni boshlang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Muhabbatda chekinishni aslo o‘ylay ko‘rmang. Ortga yo‘l yo‘q. Faqat oldinga bosishingiz, bu yo‘ldagi mushkulotlarni mardona yengib o‘tishingiz lozim

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugungi kuningiz moliyaviy va ro‘zg‘ordagi muammolarni bartaraf etish bilan o‘tadi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Depressiyaga tushib qolishdan saqlaning. Qayg‘urmang, sizga yaqinlaringiz bajonidil yordam beradi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Moliyaviy masalada muammo paydo bo‘lish ehtimoli bor. Plastik kartochkangizga kutganingizdan kamroq pul tushishi mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Bugun hayotingizda sodir bo‘ladigan tanaffuslar sizga ham muhabbatda, ham moliyaviy masalada omad, xursandchilik hadya etadi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Keyingi paytlarda faqat ish haqida o‘ylay boshlagandingiz. Endi esa shaxsiy hayotga ham nazar tashlab, uning mo‘jizalaridan bahra olishingizga to‘g‘ri keladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Mayda-chuyda ishlarni ham nazarga ilib, astoydil, chin ko‘ngildan ter to‘ka olsangiz, kuningiz albatta unumli bo‘ladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Bolalikdagi do‘stingiz sizga serdaromad ish taklif etishi mumkin. Ma’qul deb bilsangiz, do‘stingiz taklifiga rozilik bildiring.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Hayotingizda hech narsani o‘zgartirishga harakat qilmang. Bori bilan yashang, zavqlaning, shukr qiling.

Baliq (20.02 — 20.03)

Kechqurun yaqin do‘stlardan birining hech kimga ma’lum bo‘lmagan sirlaridan voqif bo‘lasiz.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.