Özbekiston

Buxoroga suriyalik rasmiylar va ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurishdi

photo
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Buxoro shahrida Oʻzbekiston–Suriya biznes-forumi va B2B uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan, mamlakatimizga tashrif buyurgan Suriya Arab Respublikasi delegatsiyasi hamda Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Forumda ikki davlatdan 200 nafardan ortiq tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etdi. Shuningdek, vazirlik va idoralar, savdo-sanoat palatalari hamda turli tarmoq birlashmalari vakillari ham qatnashdi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, Oʻzbekiston va Suriya oʻrtasidagi aloqalar so‘nggi yillarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Qayd etilishicha, Suriyada aholi sonining yuqoriligi, infratuzilmani tiklash jarayonlarining jadalligi va import mahsulotlarga ehtiyoj ortib borayotgani ushbu mamlakatni O‘zbekiston uchun istiqbolli bozorga aylantirmoqda.

Tadbir davomida hududlararo hamkorlik masalasiga alohida urg‘u berildi. Mintaqaviy darajadagi sheriklik biznes tashabbuslarini tezkor qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarini joylarda samarali amalga oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, muntazam biznes muloqotini yo‘lga qo‘yish, B2B aloqalarni kengaytirish, biznes-missiyalar almashuvi va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Forum doirasidagi B2B uchrashuvlar natijasida kompaniyalar aniq yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Yakunda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bir qator kelishuv va shartnomalar imzolandi.

Xususan, Savdo-sanoat palatasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi hamda Tartus Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu hujjat ikki hudud tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

photo 02
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.