Islom
Endiliklda diniy savollaringizga 1171 qisqa raqami orqali aniq ma’lumot olishingiz mumkin
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida faoliyat yurituvchi Fatvo markazi qoshidagi Koll-markaz orqali aholining diniy masalalarga oid murojaatlarini qabul qilish uchun yangi 1171 qisqa raqami ishga tushirildi.
Endilikda fuqarolar har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha mazkur qisqa raqam orqali qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olishlari mumkin. Qayd etilishicha, bu xizmat aholi uchun yanada qulay va tezkor aloqa imkoniyatini yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, Koll-markazning avvaldan faol bo‘lgan 78-150-33-44 telefon raqami ham o‘z ishini davom ettiradi. Xorijda bo‘lib turgan vatandoshlar uchun esa Telegram orqali @fatvo_call_1 va @fatvo_call_2 manzillari, shuningdek, WhatsApp orqali +998 91 780 66 33 raqami orqali murojaat qilish imkoniyati saqlab qolingan.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Koll-markaz orqali berilgan javoblar aholining kundalik hayotida uchraydigan turli diniy savollar bo‘yicha ishonchli va rasmiy manba sifatida taqdim etiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


