Buxoro yangiliklari

Buxoro mahallalarida nima gap? 16-fevral yangiliklari

photo
Foto: Telegram (@Jamol_Nosirov)

Loading

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbari Jamol Nosirov hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida ma’lum qildi:

📍Buxoro tumani, “Oybek” MFY, Yorjon qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilishi rejalashtirilmoqda. Infratuzilma yaxshilanib, eko, etno va agroturizm yo‘nalishlari rivojlantiriladi.

📍Buxoro tumani, “Yangi Turmush” MFYda joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabi mukammal ta’mirlanmoqda.

📍Vobkent tumani, “Teraklik” MFY, Dahana qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Sojiddin Usmonov 4 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, 35 tup limon ko‘chatidan har biridan o‘rtacha 20 kg hosil oldi.

📍Vobkent tumani, “Kulolchi” MFYda 5-sonli DMTT binosi “Tashabbusli byudjet” dasturi asosida 1,2 mlrd so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

📍Gʻijduvon tumani, “Degrezon” MFY da oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda kelishmovchiliklarni barvaqt bartaraf etish masalalari yuzasidan tuman FHDYO bo‘limi vakillari ishtirokida muloqot o‘tkazildi.

📍Jondor tumani, “Tinchlik” va “Zarafshon” MFY larda nuraniylarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📍Qorako‘l tumani, “Paxtakor” MFYda “Sohil bo‘yi” dam olish maskani barpo etilmoqda. Loyiha doirasida ko‘ngilochar hududlar, bolalar maydonchalari va tadbirkorlik ob’yektlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📍Olot tumani, “Eski Olot”, “Asajam” va “Usmonshayx” MFY larni gaz bilan ta’minlovchi asosiy quvurning 4 km 400 metr qismi to‘liq yangilanmoqda.

📍Olot tumani, “Soyinqorovul” MFY da tadbirkor Boboxon Baxromov tomonidan 2 sotixli issiqxonada 25 tup limon parvarishlanmoqda. Imtiyozli kredit asosida barpo etilgan issiqxonadagi limonlar hosilga kirdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.