Islom

Menga jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zahdan uzoqlashtiradigan amalning xabarini bering

photo
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilinadi: Bir a’robiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamning yo‘llarini to‘sib chiqib: “Menga jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zahdan uzoqlashtiradigan amalning xabarini bering”, dedi. “Allohga ibodat qilasan. Unga hech narsani shirk keltirmaysan. Namozni ado qilasan. Zakotni berasan. Silai rahm qilasan”, dedilar.

Sharh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yo‘lda ulovlariga minib borar edilar. Bir kishi yo‘lni to‘sib chiqib, u zotning ulovlari jilovidan ushlab, to‘xtatdi va yuqoridagi savolni berdi. Bu g‘alati ish edi. Odatda kishilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bunday muomala qilishmas edi. Ammo bu odam g‘ayri oddiy tasarruf qildi. Boshqa bir rivoyatda aytilishicha: “Shunda u yerdagi qavm: Unga nima bo‘ldi? Unga nima bo‘ldi?, deyishdi”. Unga nima bo‘ldi? Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yo‘llarini to‘sib chiqadi? Unga nima bo‘ldi? Nima uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ulovlari jilovidan tutadi? Unga nima bo‘ldi? Nima uchun bunday katta savolni so‘raydi? Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haligi kishining qilmishidan ham, savolidan ham ajablanmadilar. O‘zlarini kamtarona tutdilar va so‘rovchining savoliga birdan javob berdilar.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

  • Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kamtarliklari. Xohlagan a’robiy ham yo‘llarini to‘sib, savol beravergani.
  • Jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan narsalar haqida so‘rash mumkinligi.
  • Allohga ibodat qilish, ya’ni Uning buyurganlarini ado etish, qaytarganlaridan qaytish, har bir amalini Alloh taoloning roziligini niyat qilib bajarish bandani jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan omil ekani.
  • Alloh taologa hech narsani shirk keltirmaslik jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan omil ekani.
  • Namozni to‘la-to‘kis ado qilish jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan ekani.
  • Zakot berish jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan ekani.
  • Silai rahm jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan ekani.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.