Buxoro yangiliklari

Buxoroning ayrim ko‘chalarida harakat vaqtincha cheklandi

photo
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Buxoro shahrida ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahar hokimining tegishli farmoyishiga asosan, 2026-yil 18-fevraldan 19-martga qadar har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha “Taroveh” namozlari o‘qiladigan masjidlar atrofida transport harakati cheklanadi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda vaqtinchalik cheklov joriy etiladi:

  • “Fayzobod” masjidi — “Ibn Sino” ko‘chasining “Dilkusho” ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan “Oq masjid” (2524-avtojamlanma) ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha;
  • “Dilkusho” masjidi — “Dilkusho” ko‘chasining “Ibn Sino” ko‘chasi bilan kesishgan qismidan “Xalqobod” ko‘chasi (“Dilkusho” dehqon bozori) bilan kesishgan qismigacha;
  • “Bolo hovuz” masjidi — “Abu Hafs Kabir” ko‘chasining “Muhammad Karim” ko‘chasi bilan kesishgan qismidan “Xo‘ja Nurobod” ko‘chasi (aylanma harakatdan 6-maktabga burilish) bilan kesishgan qismigacha;
  • “Abu Hafs Kabir” (Hazrati Imom) masjidi — “Abu Hafs Kabir” ko‘chasining “Ibn Sino” ko‘chasi (“Raymag” aylanma harakati) bilan kesishgan qismidan “Vobkent” ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha;
  • “Volidai Abdulazizxon” masjidi — “Havzi Nav” ko‘chasining “Muhammad Iqbol” ko‘chasi bilan kesishgan qismidan “Jo‘ybor” ko‘chasi (“Trikotaj” chorrahasi) bilan kesishgan qismigacha;
  • “Umar Ibn Xattob” masjidi — “Alpomish” ko‘chasi bo‘ylab;
  • “Piridastgir” masjidi — “Piridastgir” ko‘chasi bo‘ylab;
  • “Sayfiddin Boxarziy” masjidi — “Zulfiya” va “Ibrohim Mo‘minov” ko‘chalari bo‘ylab.
photo 02

Shuningdek, shahar va tumanlarda katta yo‘l yoqasida joylashgan masjidlar atrofidagi ko‘chalarda ham zarurat tug‘ilganda transport harakati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Ichki ishlar organlari barcha haydovchilardan vaziyatni inobatga olib, yo‘l harakatini tartibga soluvchi xodimlar ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishni so‘radi.

Mazkur vaqtinchalik cheklovlar ibodat qiluvchilarning xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida joriy etilmoqda. Fuqarolardan ushbu tartiblarga mas’uliyat bilan yondashib, belgilangan qoidalarga amal qilish so‘raladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.