Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (20.02.2026)
2026-yilning 20-fevral, juma kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kuningiz rostakamiga omadli kechishi kutilmoqda. Muhabbatda, moliyaviy va salomatlik masalasida muvaffaqiyatlar faqat sizniki bo‘ladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ayrim do‘stlarimiz kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishlari mumkin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kechki payt sizdan qarz olganlar qarzini qaytarishi va shuning natijasida moddiy ahvolingiz yanada mustahkamlanishi kutiladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Rashki yomon do‘stlarimiz bugun kunning ikkinchi yarmida yana jufti bilan shu nuqson tufayli janjallashib qolishlari ehtimolga yaqin. Asabni asrang.
Arslon (24.07 — 23.08)
Kunning birinchi yarmida yuqori lavozimli shaxslar tarafidan sizga bosim o‘tkazilishi mumkin. Ayb kimdaligi noma’lum-ku, biroq bu narsaning oldini olganingiz ma’qul.
Parizod (24.08 — 23.09)
Kechqurunga yaqin moliyaviy muammolaringiz ham sizning foydangizga hal bo‘ladi. Salomatligingiz haqida ko‘proq qayg‘uring.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Ovqatlanish rejimini buzmang. Ko‘cha ovqatini iste’mol qilishdan qoching.
Chayon (24.10 — 22.11)
Tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymang. Sizga har taraflama yordam berishdan tiyilmaydiganlarga nisbatan qo‘pol munosabat yuritib qo‘ymang.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ayrim oilalilarning xonadonida chaqaloq yig‘isi jaranglashi kutiladi. Muborak bo‘lsin!
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Muhabbatgina dunyoga go‘zallik baxsh eta oladi. Oilasizlar bugun faqat oila, shaxsiy hayotni qurish haqida o‘ylashlari kerak.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Yomon kayfiyat, moddiy mushkulotlar ham o‘tkinchi. Oldinda albatta sizni xush lahzalar kutib turadi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Kun davomida ishxonangizdagi rahbar qo‘ng‘iroq qilishi va orangizda jiddiy suhbat bo‘lib o‘tishi kutiladi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


