Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (21.02.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 21-fevral, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Kimda yanada iliqroq taassurot qoldirmoqchi bo‘lsangiz, ular bilan ko‘proq muloqot qilishingiz tavsiya etiladi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Tanlaganingizga o‘zingizdagi eng yaxshi jihatlarni namoyish eting. Yomon tomoningizni namoyish qilishga hali ulgurasiz.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Kuningiz mazmunli, xayrli va yoqimli kechishi kutilmoqda. Faqat har bir mayda ko‘ngilsizlikdan nolishni bas qilib, dunyoga real ko‘z bilan boqsangiz bas.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Kechqurun oila qurish arafasida turganlarga ro‘zg‘or masalasida tushunchalar berishingizga to‘g‘ri keladi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Oilasizlar bugun o‘z muhabbatini uchratishi va romantik lahzalar boshlanish pallasiga kirishi ehtimoldan xoli emas.

Parizod (24.08 — 23.09)

Og‘ir vaziyatda qola boshlaganingizni sezsangiz, hazil-mutoyibaga erk bering. Qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, o‘zingizni kulishga, atrofdagilarni kuldirishga harakat qiling.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Ishlaringiz shu qadar ko‘p bo‘ladiki, ovqatlanish, nafas rostlashga umuman vaqt topa bilmasligingiz mumkin. Ammo unutmang, xuddi shunday vaziyatni xohlardingiz.

Chayon (24.10 — 22.11)

Moliyaviy muammolar kechqurun hal bo‘ladi. Hoynahoy, kimdir sizga ancha oldin olgan qarzini qaytarsa kerak.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kun davomida asabiylashish, shamollash kabilar sizni bezovta qilib o‘tishi kutiladi. Shunga qaramay har bir o‘tayotgan lahzadan zavq olishga harakat qiling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Yaqin orada o‘zingiz janjallashib qolgan odam haqida eslab qolasiz. Bu xotiralar asabingizni qaqshatishi tayin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Moliyaviy masalada ko‘proq topib, kamroq yo‘qotish usulini o‘ylab toping. Albatta biringiz ikki bo‘ladi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Kechqurun oilasi yo‘qlar romantik lahzalardan rosmanasiga zavq olishlari kutiladi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.