O‘zbekiston

Umra safarlari vaqtincha to‘xtatildi

pic

Loading

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashgani va qator davlatlar havo hududini vaqtincha yopgani sabab Umra safarlari kechiktirildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, mintaqada yuzaga kelgan taranglik va havo makonidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sabab bir qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda. Shu bois O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra ziyoratlari vaqtincha to‘xtatildi. Xususan, 2026-yil 2-mart kuni “Toshkent – Jidda” yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan navbatdagi reys ham noma’lum muddatga qoldirildi.

Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Yaqin Sharq hududidagi davlatlarga safar uyushtirmaslikni tavsiya qildi. Ayni paytda o‘sha mamlakatlarda bo‘lib turgan vatandoshlarimizga esa ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berilgan.

Havo hududi yopilishi oqibatida 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan. “Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Qatardagi favqulodda vaziyat sabab aviakompaniyalar yo‘lovchilarni mehmonxona bilan ta’minlay olmagan. Shundan so‘ng O‘zbekistonning Dohadagi elchixonasi xodimlari zudlik bilan aeroportga yetib borib, muzokaralar o‘tkazgan va fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonalarga joylashtirilgan.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, Qatar havo hududi ochilib, parvozlar tiklanishi bilan yurtdoshlarimizning vatanga xavfsiz qaytishi ta’minlanadi. Vaziyat doimiy nazoratda ekani, yo‘lovchilar ro‘yxati muntazam yangilanayotgani ta’kidlangan. Diplomatik vakolatxona fuqarolarni vahimaga berilmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar fonida Qatarda bo‘lib turgan qariyb 600 nafar O‘zbekiston fuqarosi orasida jabrlanganlar aniqlanmagan. Aviaqatnovlar qayta tiklanishi yuzasidan qo‘shimcha axborot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.