O‘zbekiston
1-martdan gaz qimmatlashdimi? Aslida nima o‘zgardi?
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “1-martdan gaz narxi oshdi” degan xabarlar keng tarqaldi. Ko‘pchilik bu ma’lumotni haqiqat deb qabul qildi. Ammo rasmiy manbalar va Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy gaz tariflari o‘zgartirilmagan. Ya’ni 1-martdan boshlab gazning bir kub metri uchun belgilangan narxlar o‘zgarishsiz qolgan.
Biroq aynan shu sanadan boshlab ijtimoiy me’yor miqdori o‘zgardi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga muvofiq, isitish mavsumida — noyabr-fevral oylarida aholi uchun gaz iste’molining bazaviy me’yori 500 kub metr etib belgilangan edi. Endi esa mart oyidan boshlab bahorgi-yozgi mavsum (mart–oktabr) uchun amal qiladigan 100 kub metrlik me’yor kuchga kirdi.
Tariflar qanday?
Amaldagi va 2025-yil 1-maydan keyin ham saqlanib qoladigan tariflar quyidagicha:
- 1 000 so‘m — ijtimoiy me’yor doirasida (mart–oktyabrda 100 kubgacha, noyabr–fevralda 500 kubgacha);
- 1 800 so‘m — me’yordan ortiq (mart–oktyabrda 101 dan 2 500 kubgacha);
- 2 100 so‘m — 2 501 dan 5 000 kubgacha;
- 2 500 so‘m — 5 001 dan 10 000 kubgacha;
- 3 000 so‘m — 10 001 kub metr va undan yuqori iste’mol uchun.
Demak, rasmiy ravishda narx o‘zgarmadi. Ammo me’yor kamaygani sabab ko‘pchilik uchun to‘lov hajmi oshadi. Masalan, fevralda 500 kub metr gaz ishlatgan xonadon har kubi uchun 1 000 so‘mdan to‘lagan bo‘lsa, mart oyida xuddi shuncha iste’mol qilsa, 100 kubi 1 000 so‘mdan, qolgan 400 kubi esa 1 800 so‘mdan hisoblanadi. Natijada umumiy to‘lov sezilarli ortadi.
Energetika vazirligi mart oyi uchun 500 kub metrlik qishki me’yorni saqlab qolish vakolatidan foydalanmadi. Bu esa ayniqsa ob-havo salqin kelishi, ayrim hududlarda harorat -15 darajagacha tushishi prognoz qilinayotgani hamda Ramazon oyida gaz iste’moli oshishi fonida ko‘plab oilalar uchun qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda davlat rahbari topshirig‘i bilan 500 kub metrlik me’yor 1-aprelgacha uzaytirilgan edi.
Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikamizning barcha hududlarida 15-martga qadar uzaytirildi
Ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatimizning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi.
15-martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Kompensatsiya bormi?
Davlat tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi davom etmoqda. Prezident qarorlariga asosan, kompensatsiyalar endilikda yil davomida har oy to‘lanadi.
- Elektr energiyasi uchun — 200 kVt·soatdan ortiq ishlatilgan keyingi 150 kVt·soatgacha qismi qoplanadi.
- Tabiiy gaz uchun — qish oylarida me’yordan ortiq 250 kub metrgacha, boshqa oylarda (jumladan martda) 150 kub metrgacha bo‘lgan qismi bo‘yicha kompensatsiya beriladi.
Xulosa shuki, 1-martdan gaz narxi oshmadi. Ammo ijtimoiy me’yor 500 kub metrdan 100 kub metrga tushgani sabab ko‘plab xonadonlar uchun to‘lovlar amalda ko‘payadi. Bu esa “rasman narx o‘zgarmadi, lekin to‘lov oshdi” degan tushunchaga sabab bo‘lmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


