Jahon

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq rahbari: “Yevropa davlatlari Eronga qarshi urushga qo‘shilishi mumkin”

pic
Foto: Euronews.com

Loading

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) ning sobiq direktori, amerikalik general David Petraeus Yevropa davlatlari Eron bilan bog‘liq harbiy kampaniyada ishtirok etishi ehtimolini inkor etmadi.

U Euronews telekanaliga bergan intervyusida Yevropaning AQSh va Isroilning Eron bo‘yicha harbiy operatsiyasiga qo‘shilishi “shubhasiz mumkin” ekanini ta’kidladi.

“Mudofaa rolida ishtirok etish oqilona bo‘lardi”

Petreusning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarining, ayniqsa mudofaa xarakteridagi ishtiroki boshidanoq mantiqiy bo‘lgan bo‘lardi. Biroq dastlab operatsiya rejasida Yevropa bevosita qatnashishi ko‘zda tutilmagan.

“Bu masala muhokama qilinmoqda. Natija qanday bo‘lishini ayta olmayman, ammo muhokama qilinayotgan bo‘lsa, demak bunday variant mavjud”, — dedi u.

General Eron zarbalari faqat AQSh va Isroil harbiy bazalari bilan cheklanib qolmasligini, balki Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi fuqarolik infratuzilmasi, aeroportlar, portlar va hatto Kiprdagi Britaniya bazalarini ham nishonga olishi mumkinligini qayd etdi.

AQSH quruqlik qo‘shinlarini yubormaydi

Mojoro uzoq davom etadigan urushga aylanishi mumkinligi haqidagi xavotirlar fonida Petreus AQSh Eron hududiga quruqlik qo‘shinlarini kiritmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, prezident Donald Trump va mudofaa vaziri Pit Xegset bunday reja yo‘qligini aniq bildirgan.

Petreus fikricha, vaqt o‘tishi bilan Eronning javob zarbalar berish salohiyati kamayadi, chunki raketalar, uchirish qurilmalari va dronlar zaxirasi qisqaradi. Shunga qaramay, u AQSj va ittifoqchilari orasida yangi qurbonlar bo‘lish ehtimolini ham istisno etmadi.

“Venesuela ssenariysi” takrorlanishi mumkinmi?

Sobiq CIA rahbari Eron ichkarisida siyosiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligini ham tilga oldi. U “Venesuela ssenariysi” ehtimolini rad etmadi — ya’ni hokimiyatdagi shaxs o‘zgartirilishi, biroq ma’muriy tizimning saqlanib qolishi kabi variant.

Petreus ayrim tahlilchilarga tayanib, Eron elitasida vaqt o‘tishi bilan qattiqqo‘l mafkurachilar kamayib, pragmatikroq yoki muxolif kayfiyatdagi arboblar ko‘paygan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

“Yadro dasturi va proksi kuchlarga tayangan siyosat bizni inqirozga olib keldi, deya chiqadigan yangi rahbar paydo bo‘lishi ehtimoli bor”, — dedi u.

Shu bilan birga, u bunday ssenariy “mutlaqo mumkin”, ammo kafolatlangan emasligini ham qo‘shimcha qildi.

Eron rahbariyati almashuvi jarayoni boshlangan

Avvalroq Ali Xameneyi Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgani haqida rasmiy xabarlar tarqalgan edi. Eron konstitutsiyasi oliy rahbar vafoti holatida hokimiyat uzluksizligini ta’minlash uchun markazlashgan boshqaruv mexanizmini nazarda tutadi.

Ayni paytda mamlakatda yangi oliy rahbarni tayinlash jarayoni boshlangan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.