Buxoro yangiliklari

Amonov Mo‘min Olimovich Shofirkon tumani hokimi etib tayinlandi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tuman faollari ishtirok etdi.

Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov nutq so‘zlab, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

pic 04

Sessiya davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Amonov Mo‘min Olimovichni Shofirkon tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori o‘qib eshittirildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Kengashi deputatlari va faollari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Yakunda Mo‘min Amonov Shofirkon tumani hokimi etib tasdiqlandi.

pic 03

Mo‘min Amonov 1988-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. U Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Buxoro shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Buxoroisharif.uz ma’lumotlariga ko‘ra, sessiya yakunida yangi hokim oldida tuman infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini oshirish kabi ustuvor vazifalar turgani ta’kidlandi. Hududda olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish muhim ekani qayd etildi. Yangi rahbarning tajribasi tuman taraqqiyotiga ijobiy hissa qo‘shishi kutilmoqda.

pic 02

Ish faoliyati

Mo‘min Amonov mehnat faoliyatini 2009-yilda Buxoro shahridagi “Asr himoyasi” advokatlik firmasida hisobchi sifatida boshlagan.

2009–2013-yillarda “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasining texnik ishlab chiqarish bo‘limida muhandis bo‘lib ishlagan. 2013–2016-yillarda esa Buxoro viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasining suv ta’minoti bo‘limida aholi bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

2016–2017-yillarda Buxoro viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasining suv ta’minoti bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan.

2017–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy inspeksiyasida bosh inspektor lavozimida faoliyat olib borgan.

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy inspeksiyasida bosh inspektor bo‘lib ishlagan.

2020–2021-yillarda Shofirkon tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2021–2022-yillarda Shofirkon tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan.

2022–2023-yillarda Buxoro shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2023–2024-yillarda “Buxorosuvta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar 2024-yildan Buxoro shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.