Buxoro yangiliklari

Tosheva Dilnavoz Ne’matovna Qorovulbozor tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Dilnavoz Tosheva 1987-yilning 7-sentabr kuni Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy bo‘lib, 2013-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2005-yilda Shofirkon tumanidagi 38-maktabda guruh tarbiyachisi sifatida boshlagan. 2013–2014-yillarda Qorovulbozor tumani 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliyotchi psixolog lavozimida ishlagan. 2015–2022-yillarda esa mazkur maktabda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2022–2024-yillarda Qorovulbozor tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli lavozimida ishlagan. Tayinlovga qadar esa ushbu mahallada ijtimoiy xodim sifatida faoliyat olib borgan.

Dilnavoz Tosheva oilali, 3 nafar farzandning onasi.

Buxoroisharif.uz ma’lumotlariga ko‘ra, u yangi lavozimda tumanda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda oila institutini mustahkamlash yo‘nalishida muhim vazifalarni amalga oshirishi kutilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini tizimli hal etish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yosh qizlarni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida ham yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Uning shu kungacha orttirgan tajribasi va jamoatchilik bilan ishlashdagi faolligi bu borada muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Dilnavoz Ne’matovnaning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.