O‘zbekiston
Endi O‘zbekistonda kartadan kartaga pul o‘tkazishda uning maqsadini ko‘rsatish talab qilinadi
O‘zbekistondagi bir qator banklar va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalarida P2P (kartadan kartaga) pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda o‘tkazma maqsadini majburiy ko‘rsatish talabi joriy etildi. Endilikda foydalanuvchi pul yuborishda ro‘yxatdagi 16 xil toifadan birini tanlashi kerak bo‘ladi.
Taklif etilayotgan toifalar orasida turli kundalik xarajatlar va moliyaviy operatsiyalar mavjud. Jumladan, tovar yoki savdo uchun to‘lov, ovqatlanish va taom xarajatlari, qarzni qaytarish, yordam puli, oila yoki qarindoshlarga o‘tkazma, sovg‘a, yetkazib berish haqi, ijara to‘lovi, kommunal to‘lovlar, safar xarajatlari, ta’lim xarajatlari, tibbiy xarajatlar, xayriya, minnatdorlik uchun (choypuli), o‘yin-kulgi xarajatlari hamda investisiya o‘tkazmalari kabi variantlar mavjud.
Markaziy bank axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘tkazmalar uchun aniqlashtiruvchi parametrlarning joriy etilishi texnik yangilanish hisoblanadi. U mobil servislar faoliyatini takomillashtirish hamda tranzaksiyalarni to‘g‘ri qayta ishlashni ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar mobil ilova ishlash jarayoni doirasida qayta ishlanadi va uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi. Markaziy bank fuqarolarga o‘tkazmalarni tasdiqlashdan oldin rekvizitlarni diqqat bilan tekshirish, tasdiqlash kodlarini begonalarga bermaslik hamda moliyaviy qarorlarni shoshilmasdan qabul qilishni tavsiya qilmoqda.
Qayd etilishicha, Markaziy bank banklar va to‘lov tashkilotlariga mobil ilovalar funksionalini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bergan. Bu tavsiyalar majburiy bo‘lmay, har bir bank yoki to‘lov tashkiloti o‘z mobil ilovasining texnik imkoniyatlari va ichki jarayonlaridan kelib chiqib ularni mustaqil ravishda joriy etadi.
Muhimi, ushbu yangilanishlar pul o‘tkazmalariga hech qanday cheklov kiritmaydi va tranzaksiyalarni amalga oshirish tartibi o‘zgarmaydi. Maqsad — mobil to‘lov xizmatlarini yanada qulay, aniq va xavfsiz qilishdir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


