Texnologiyalar

Internet yaxshi ishlashi uchun Wi-Fi router yoniga qo‘yish tavsiya etilmaydigan buyumlar

pic
Foto: 24tv.ua

Loading

Bugungi kunda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Ish, o‘qish yoki oddiy maishiy yumushlarni internetdan foydalanmasdan bajarish qiyin. Ammo ko‘pchilik routerni qayerga o‘rnatish kerakligi va uning atrofidagi buyumlar signal sifati va barqarorligiga ta’sir qilishi mumkinligini bilmaydi. Qurilmani noto‘g‘ri joylashtirish internet tezligini pasaytirib, aloqa sifatini yomonlashtirishi mumkin. Quyida daryo Wi-Fi router yoniga qo‘yish tavsiya etilmaydigan buyumlar ro‘yxatini keltirib o‘tgan.

Mikroto‘lqinli pech

Mikroto‘lqinli pechlar ko‘plab Wi-Fi tarmoqlari bilan bir xil — 2,4 GHz chastotada ishlaydi. Shuning uchun pech yoqilgan paytda o‘zidan kuchli elektromagnit to‘lqinlar chiqarib, router signallariga aralashib ketadi. Natijada internet tezligi keskin pasayadi, hatto uzilishlar ham yuzaga kelishi mumkin. Mikroto‘lqinli pechni ishlatish paytida videolar sekin yuklanishi yoki videomuloqotlar to‘xtab qolishi ko‘pchilikka tanish holat. Shu sababli routerni imkon qadar oshxonadan va mikroto‘lqinli pechdan uzoqroq joyga o‘rnatish tavsiya etiladi.

Ko‘zgu

Ko‘zgular ham Wi-Fi signallariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Metall ramkali yoki qalin ko‘zgular internet signalni qaytarib yuboradi va tarqalishini qiyinlashtiradi. Natijada internet ba’zi xonalarda yaxshi ishlaydi, ba’zilarida esa juda sustlashadi. Bu ayniqsa katta xonadonlarda yoki ofislarda seziladi. Routerni ko‘zgular qarshisida yoki yonida o‘rnatmaslik lozim.

Kolonka va boshqa audio uskunalar

Ovoz kuchaytiruvchi kolonkalar va boshqa audio tizimlar router ishiga elektromagnit shovqinlar bilan xalaqit beradi. Agar router ushbu qurilmalarning yonida bo‘lsa, internet signali kamayadi va tezlik ham pasayishi kuzatiladi. Shu bois routerni audio uskunalardan bir necha metr uzoqda joylashtirish maqsadga muvofiq.

Akvarium

Akvariumlardagi suvda tuz va boshqa aralashmalar mavjud bo‘lib, ular Wi-Fi signallarini “yutishi” mumkin. Bundan tashqari, akvarium yonidagi doimiy namlik router uchun xavf tug‘dirishi va qisqa tutashuv va hatto yong‘inga olib kelishi mumkin.

Kitoblar

Qalin qog‘oz va muqovali kitoblar ham radioto‘lqinlarni o‘ziga “yutadi”. Agar router kitoblarga to‘la javon ichida yoki orqasida turgan bo‘lsa, signal xonalar bo‘ylab yaxshi tarqalmaydi. Bu muammo ayniqsa bir necha qavatli uylar va katta ofislarda kuzatiladi. Qoidaga ko‘ra, routerni ochiq va hech narsa to‘sqinlik qilmaydigan joyga o‘rnatish lozim.

Energiya tejovchi lampalar

Bunday lampalar ishlayotgan paytda radiochastotali shovqin hosil qiladi. Bu shovqinlar Wi-Fi routerning signaliga aralashib, internet tezligi va barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar routerni chiroq yaqinida o‘rnatish kerak bo‘lsa, LED-lampalar yoki oddiy lampalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Muzlatkich

Muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari va boshqa yirik maishiy texnikalar o‘zidan kuchli elektromagnit nurlanish chiqaradi. Bundan tashqari, ularning metall korpusi Wi-Fi signallarini to‘sib qo‘yadi. Routerni bu turdagi texnikalardan uzoqroq joyga qo‘yish orqali signalni kuchaytirish va internetning barqaror ishlashini ta’minlash mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.