O‘zbekiston

Islomda kuy chalish, musiqaga raqsga tushish, qo‘shiq eshitish mumkin emasmi?

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Abu Homid Gʻazzoliy o‘zlarining “Ihyou-ulumid-din” asarlarida: “Samo-kuy va qo‘shiq xursandchilik vaqtlarida ta’kid va tashviq  bordir. Bu ish durust sanaladi”, – deyilgan. Iyd kunlaridagi kuy va qo‘shiq, nikohda, yo‘qolib qolgan odamni topilganda, valiyma (to‘y) vaqtida, aqiqada, farzand tug‘ilganida, xatna qilinganda yoki Qur’oni Karimni hifz qilib bo‘lganda xursandchilik bilan kuy qo‘shiq aytishlik muboh sanaladi. Bu narsalarning durust bo‘lishligi undagi xursandchilikni izhor qilish jihatidandir. Har bir xursandchilik  joiz bo‘lgan ish, uning izhor qilishlik ham joiz sanaladi.

Bunga dalil sifatida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni madinaga hijrat qilib kelganlarida madinalik ayollarning u zotning istiqbollariga atab, yo‘llarda hamda peshayvonlarda turib ohang bilan duff (nog‘oraga o‘xshagan asbob) chalib, qo‘shiq aytganlar vorid bo‘lgan. Bunda  Nabiy alayhissalomning Madinaga kelishlarining quvonch izhori edi. Bu esa maqtovga loyiq xursandchilikdir. Bu quvonchni she’r, kuy, raqs va harakatlar bilan ko‘rsatish yana ham maqtanarli sanaladi. Sahobai kiromlarning bir jamoalaridan  naql qilinadiki, ularga yetgan xursandchilikka sakrab, quvonchlarini namoyon qilishardi.    

Imom Buxoriy va Imom Muslim rahmatullohi alayh Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda aytadilar: “Masjidda habashlarni o‘yin-kulgi qilib o‘ynab turganlarini tomosha qilardim. Nabiy alayhissalom meni kiyimlari bilan to‘sib turdilar. Hatto, u zotni uzoq muddat turganimdan zeriktirib ko‘ydim”, -deydilar.

Yana Imom Buxoriy va Imom Muslimlar rivoyat qilgan hadisda Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladi. Abu Bakr roziyallohu anhu Mino (Iyd) kunlari  Oisha roiyallohu anho oldilariga kirdilar. Ikki nafar joriya qiz duff chalib qo‘shiq aytib turgandilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kiyimlariga o‘ranib yotgandilar. Abu Bakr bu holni ko‘rib baqirib berib ularni to‘xtatdilar. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam yuzlarini ochib: “Ey Abu Bakr ularni o‘z holiga qo‘y, bu kun Iyd kunlari”, – dedilar. Bu hadisni boshqa bir rivoyatida Umar roziyallohu anhu shu holni ko‘rib jerkib berganlarida, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ey bani ardifa (qabila nomi) tinch qo‘y ularni”, – deb aytdilar (“Ihyou ulumid-din”,  Imom Abu Homid Gʻazzoliy 778-779 b).

Yuqoridagi habashilarni o‘yini raqs va o‘yin bo‘lganini bu ishga payg‘ambarimiz indamay taqrir bildirganlar. Kuy va ko‘shiqlar fahsh, buzuqlik,  xiyonat, axloqsizlik kabi salbiy narsalarni o‘zida jamlamagan bo‘lsa, balki yaxshilik odob-axloq, yurtga sadoqat, ezgulik, kabi go‘zalliklarni tarannum etsa bu ishlarni qilish joiz sanaladi.

Zero yurtimizda qadimdan ajdodlarimiz  kuy va qo‘shiq san’atiga alohida e’tibor berib, bunga doir ko‘plab asarlarda ma’lumotlar keltirilgan. Ibn Sino ham alohida o‘z risolalarida musiqa borasida to‘xtalib o‘tganlar. Buxorolik olim Ahmad Donish ham bu san’atda qimmatli ma’lumotlarni o‘z asarlarida qoldirib ketgan.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.