O‘zbekiston
Kambag‘al oilalarga 4 mln so‘mdan subsidiya beriladi. Pillachilik uchun
O‘zbekistonda pillachilik sohasini rivojlantirish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish maqsadida kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish hamda oziqa bazasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda belgilab qo‘yilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pillachilik kooperativlariga a’zo bo‘lgan kambag‘al oilalarga subsidiya ajratiladi. Bunda bir oilaning bir nafar a’zosiga bir martalik tarzda 4 million so‘m miqdorida mablag‘ berilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur subsidiya tutzorlar tashkil etiladigan yer maydonlarida pilla kooperativlarini tuzish va aholining pillachilik faoliyatiga kengroq jalb qilinishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu orqali kam daromadli oilalar uchun qo‘shimcha daromad manbalari yaratish, ularning bandligini oshirish hamda qishloq joylarda iqtisodiy faollikni kuchaytirish maqsad qilingan.
Qarorda pillachilik sohasini rivojlantirish uchun qator tashkiliy va moliyaviy choralar ham belgilangan. Jumladan, tutzorlar maydonini kengaytirish, pilla yetishtirish hajmini oshirish, xom ipakni chuqur qayta ishlashni rivojlantirish hamda soha korxonalarining eksport salohiyatini mustahkamlash rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, 17-fevral kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ijtimoiy reyestrga kiritilgan kam daromadli oilalarni pillachilikka keng jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, pillachilikda sanoat usulini kengaytirish muhim vazifa sifatida belgilangan.
Hozirda pilla yetishtirishning asosiy qismi xonadon sharoitida amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar fikricha, maxsus qurtxonalar tashkil etish orqali mahsulot hajmi va sifatini yanada barqaror qilish mumkin. Shu maqsadda klasterlar tomonidan qurtxonalar qurilishi va ishga tushirilishini rag‘batlantirish, jumladan, bunday obyektlarni 2029-yil 1-yanvargacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


