Buxoro yangiliklari
Mohira Shakarova: ta’lim, matbuot va televideniyeni bog‘lagan buxorolik ijodkor
Ba’zi insonlar hayotni shunchaki yashab o‘tadi. Ayrimlar esa uni kuzatib, tahlil qiladi. Yana shunday insonlar ham borki, ular hayotni qalam orqali ifodalaydi, uni tahlil qiladi va keng jamoatchilikka yetkazadi. Mohira Shakarova ana shunday ijodkorlardan biridir.
Mohira Shakarova 1962-yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik uning ijodiy yo‘li matbuot va televideniye bilan chambarchas bog‘lanib ketdi. Turli yillarda “Buxoro muallimi”, “Iste’dod”, “Istiqlol g‘unchalari”, “Adolat nuri”, “Huquq” va “Hurriyat” nashrlarida samarali faoliyat yuritdi. Shuningdek, “Buxoro” telekanali (hozirgi “Buxoro viloyati teleradiokanali” DM)da muharrir va bosh muharrir lavozimlarida ishlab, hamkasblarga ijodiy yordam ko‘rsatdi, mualliflik ko‘rsatuvlarini tayyorladi.
Ijodkor “Armon tongi”, “Kechikkan tavba”, “Xiyonatga bir qadam” kabi kitoblar muallifi hisoblanadi. Oila mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari bilan ham keng jamoatchilikka tanilgan. Uning ijodiy mehnati e’tirofsiz qolmadi: Mohira Shakarova “Atirgul-2004” tanlovi g‘olibi bo‘lgan, 2008-yilda esa “Eng faol jurnalist” sifatida e’tirof etilgan.
— Ko‘p yillik tajribalarim asosida ayta olamanki, qo‘liga qalam olgan inson ishini vijdonan qilishi kerak. Aks holda boshqa sohada o‘zini sinab ko‘rgani ma’qul.
Shunchaki yozib yoki efirga xalq uchun foydasi bo‘lmagan mavzuni olib chiqish o‘zini oqlamaydi.
Jurnalistika yo‘nalishida o‘qiganlarning hammasi ham jurnalist bo‘lib ketolmaydi. Bu sohaning haqiqiy vakili bo‘lish uchun inson ilmli bo‘lishi, kasbini chin dildan sevishi zarur, — deydi Mohira Shakarova.
Ta’lim, jurnalistika va adabiyotni bir yo‘lda uyg‘unlashtira olgan ijodkor bugun ham ijoddan chetda emas. Nafaqada bo‘lishiga qaramay, u faol ijod bilan shug‘ullanmoqda. Mohira Shakarova yaqin kunlarda yana bir yangi kitobini nashr etishni rejalashtirayotganini aytadi.
Mehnat va izlanishlarni haqiqiy ijod darajasiga yetkazgan jurnalistga yangi ijodiy zafarlar tilaymiz.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi materiallari asosida tayyorlandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


