Buxoro yangiliklari
Buxoro shahri va Qorako‘l tumanida qalbaki aroq savdolariga chek qo‘yildi
Buxoro viloyatida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan bog‘liq bir nechta holat fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida katta miqdordagi soxta mahsulotlar savdodan olib tashlandi.
Departamentning Buxoro shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “A. P.” xususiy korxonasi boshqaruvchisi A. R. savdo do‘konida qalbaki aksiz markalari bilan jihozlangan alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘ygani aniqlandi. Tekshiruv davomida umumiy bahosi 23,8 million so‘mlik 705 dona spirtli ichimliklar aniqlanib, ular ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Shunga o‘xshash yana bir holat Qorako‘l tumanida qayd etildi. Departamentning tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “M.M.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘konida sotuvchi A.G‘ tomonidan 13 turdagi 564 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilgani aniqlangan. Ushbu mahsulotlar ham tegishli tartibda olib qo‘yildi.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish) hamda 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar bunday noqonuniy mahsulotlar nafaqat iqtisodiyotga, balki fuqarolar salomatligiga ham jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidlamoqda. Shu sababli alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish ishlari viloyatda izchil davom ettirilmoqda.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti fuqarolar va tadbirkorlarni hushyor bo‘lishga chaqirmoqda. Agar etil spirti, alkogol yoki tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish, shuningdek qalbaki mahsulot ishlab chiqarish holatlariga duch kelsangiz, bu haqda 71-233-10-07 ishonch telefoni orqali xabar berishingiz mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


