Buxoro yangiliklari

Buxoroda sayyohlar oqimi ko‘paymoqda

pic
Foto: Buxoro viloyati turizm boshqarmasi

Loading

Davlatimiz rahbarining turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlari natijasida Buxoro viloyatida turizm hudud iqtisodiyotining muhim drayver yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bugun qadimiy shaharni ko‘rish, uning tarixiy obidalari va boy madaniy merosidan bahramand bo‘lish istagida kelayotgan sayyohlar soni tobora ortib bormoqda.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari tufayli ko‘hna Buxoro xorijiy va mahalliy sayyohlar bilan gavjum bo‘ldi. Dam olish kunlaridan unumli foydalanishni istagan mehmonlar tarixiy maskanlarga tashrif buyurib, shahar muhitidan zavq olishmoqda.

Tashrif buyurgan sayyohlar Buxoroning mashhur me’moriy yodgorliklari, qadimiy madrasalar, masjidlar va muzeylar bilan yaqindan tanishmoqda. Mehmonlar ayniqsa shaharning tarixiy markazi, milliy hunarmandchilik buyumlari va an’anaviy oshxona taomlari ularda katta taassurot qoldirganini ta’kidlashmoqda.

Dam olish kunlari mehmonxonalar, hunarmandchilik markazlari va savdo rastalarida ham sezilarli jonlanish kuzatildi. Bu esa turizm bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish sohalari rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar fikricha, Buxoroda sayyohlar oqimining ortishi hudud iqtisodiy faolligini kuchaytirish bilan birga uning xalqaro nufuzini ham oshiradi. Qadimiy obidalar, boy tarix va mehmondo‘st muhit Buxoroni sayyohlar uchun yanada jozibador maskanga aylantirmoqda.

Qadimiy Buxoroga tashrif buyuring va uning betakror tarixiy muhitini his eting!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.