Texnologiyalar
Yevropa amaldorlarining messenjerlari nishonga olindi: razvedka Rossiyaga aloqador xakerlarni ayblamoqda
Yevropa mamlakatlarining rasmiylari, diplomatlari va harbiy xizmatchilari global kiberhujumlar nishoniga aylangan bo‘lishi mumkin. Niderlandiya va Portugaliya razvedka xizmatlari bu hujumlar ortida Rossiyaga aloqador xakerlar turganini taxmin qilmoqda.
Hujumlar asosan WhatsApp va Signal messenjerlaridagi foydalanuvchi hisoblarini egallab olishga qaratilgan.
Parollarni qo‘lga kiritishga qaratilgan firibgarlik
Portugaliyaning axborot xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hujumchilar turli usullar orqali foydalanuvchilarni parollar va tasdiqlash kodlarini oshkor qilishga majbur qilmoqda. Natijada ular shaxsiy yozishmalar, guruh chatlari, fayllar va boshqa ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘ladi.
Rasmiylar bu holat messenjerlarning o‘zi buzilganini anglatmasligini ta’kidladi. Aksincha, hujumchilar foydalanuvchilarning ehtiyotsizligidan foydalanmoqda.
Sun’iy intellekt yordamida aldash
Mutaxassislar so‘nggi paytda xakerlar sun’iy intellektdan foydalanib, o‘zini texnik yordam xodimi yoki ishonchli tanish sifatida ko‘rsatishga urinayotganini ham qayd etdi.
Buning uchun ular qurbonlarning ovoz yozuvlari va rasmlarini yig‘ib, xabarlar, telefon qo‘ng‘iroqlari yoki videoaloqa orqali soxta muloqotlar tashkil qilmoqda.
Niderlandiya Rossiyani ayblamoqda
Niderlandiya razvedka va xavfsizlik xizmatlari hujumlar ortida Rossiya turganini bildirdi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, hukumat amaldorlari allaqachon ushbu kiberkampaniyaning nishonlari va qurbonlari bo‘lgan.
Shuningdek, jurnalistlar ham bunday hujumlar uchun potensial nishon bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Niderlandiyaning harbiy razvedka xizmati MIVD rahbari, vitse-admiral Piter Rizink messenjerlar kuchli skvoznoe shifrlashga ega bo‘lsa ham, ularni davlat siriga oid ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatmaslik kerakligini ta’kidladi.
Signal va WhatsApp foydalanuvchilarni ogohlantirdi
Signal kompaniyasi o‘z bayonotida platforma shifrlash tizimi va infratuzilmasi buzilmaganini, biroq ayrim foydalanuvchilar fishing hujumlari sabab hisoblarini yo‘qotgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Kompaniya foydalanuvchilarga PIN-kodlar va telefon orqali yuboriladigan tasdiqlash kodlarini hech kimga bermaslikni tavsiya qildi.
WhatsApp ham xuddi shunday ogohlantirish bilan chiqib, hisoblarni himoya qiluvchi olti xonali kodlarni boshqalar bilan ulashmaslikni eslatdi. Shuningdek, noma’lum raqamlardan kelgan xabarlar yoki qo‘ng‘iroqlarni bloklash tavsiya etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


