Buxoro yangiliklari
Buxoroda 500 millionga so‘mga yaqin kontrafakt dori vositalarini pullamoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi (video)
Kontrafakt mahsulotlar jamiyat salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ayniqsa, sifati va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy savdoga chiqarilishi inson hayoti va sog‘lig‘iga bevosita zarar yetkazishi mumkin. Afsuski, ayrim insofsiz sotuvchilar tomonidan bozor rastalari, savdo do‘konlari, hatto dorixonalarda ham shubhali dori vositalarini xaridorlarga taklif qilish holatlari uchrab turibdi.
Ana shunday qonunbuzarliklarning oldini olish maqsadida Buxoro viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tashkil etildi.
Buxoro shahrida o‘tkazilgan tadbir davomida dorixona egasi tegishli hujjatlarsiz olib kirilgan “Oktogam” nomli kontrafakt dori vositasini 5600 AQSh dollari evaziga shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir davomida mazkur shaxs nomiga kelgan pochta jo‘natmasi ham ko‘zdan kechirildi. Natijada jo‘natma ichidan tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi testosteron moddasi mavjud “Nebido” dori vositasining 5 dona qutisi hamda hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarsiz olib kirilgan yana 4 turdagi dori preparatlari aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

Shuningdek, ushbu fuqaroga tegishli dorixona va omborxona xolislar ishtirokida tekshirilganda katta miqdordagi kontrafakt mahsulotlar saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Tekshiruv davomida umumiy qiymati 422 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 105 turdagi jami 32 094 dona dori vositalari tegishli hujjatlarsiz saqlanayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Ma’lumot uchun, mamlakatimizda 15-fevraldan 15-martga qadar “Kontrafaktsiz oy” oyligi o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida kontrafakt mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, aholining huquqiy ongini oshirish hamda bozorlarda sifatsiz mahsulotlar tarqalishining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, kontrafakt dori vositalari nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki inson salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli bunday noqonuniy faoliyatlarga qarshi keskin choralar ko‘rish hamda aholi o‘rtasida sifati kafolatlanmagan dori vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


