O‘zbekiston
Barcha blogerlar endi soliq to‘laydi: O‘zbekistonda Rossiya tajribasi joriy etiladi
O‘zbekistonda blogerlar faoliyatini tartibga solish va ularning daromadlarini nazorat qilish bo‘yicha Rossiya tajribasi asosida yangi soliq mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida o‘tkazilgan “Soliq hamkorligi: raqamlashtirish va tajriba almashish” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Soliq qo‘mitasi vakillarining ta’kidlashicha, mamlakatda 2 mingdan ortiq bloger faoliyat yuritadi, biroq ularning daromadlarining katta qismi “yashirin iqtisodiyot” doirasida qolib ketmoqda. Tahlillarga ko‘ra, o‘rganilgan 110 nafar blogerdan faqat 88 nafari soliq ro‘yxatidan o‘tgan, ularning atigi 66 nafari daromad solig‘i to‘lagan. Mutaxassislar buni juda past ko‘rsatkich deb baholamoqda.
Shu sababli blogerlar joylashtirayotgan reklama va onlayn reklamalarni markirovkalash tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, har bir reklama uchun maxsus identifikatsiya kodi biriktiriladi va shu orqali reklama daromadlarini nazorat qilish osonlashadi.
Yana bir muhim yangilik — yagona soliq hisobvarag‘i tizimini joriy etishdir. Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu borada Rossiya tajribasi o‘rganilmoqda. Rossiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrif davomida tizimni joriy etishdan oldin amalga oshirilgan qonunchilik o‘zgarishlari va texnik tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilingan.
Mutaxassislar aytishicha, O‘zbekistonda YSH tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Avval u bitta hududda sinov tariqasida ishga tushiriladi, keyinchalik esa butun respublika bo‘yicha kengaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda “Onlayn platforma va veb saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Unda 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar “inflyuenser” sifatida belgilanishi va ular reklama yoki boshqa daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanganda Soliq kodeksiga muvofiq soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashi shartligi qayd etilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


