O‘zbekiston
“Open budjet” start oldi: “Mukofot uchun emas, o‘zgarish uchun ovoz bering”
So‘nggi paytlarda “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish evaziga pul mukofoti va’da qilinayotgani bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani sabab Iqtisodiyot va moliya vazirligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, va’da qilingan pul mukofotlari berilmagani yuzasidan fuqarolardan yuzlab murojaatlar kelib tushgan. Aniqlanishicha, ayrim norasmiy Telegram botlari va uchinchi shaxslar loyihalar uchun ovoz yig‘ish maqsadida odamlarga pul yoki turli moddiy rag‘batlar va’da qilib, keyinchalik bu va’dalarni bajarmay kelmoqda.
Mutasaddilar ta’kidlashicha, “Tashabbusli budjet” jarayonida ovoz berish faqat rasmiy platformalar orqali amalga oshiriladi. Jumladan, fuqarolar “Ochiq budjet” axborot portali, uning Android va iOS mobil ilovalari, shuningdek Telegram’dagi rasmiy bot orqali ovoz berishlari mumkin.
Vazirlik eslatishicha, amaldagi tartibga ko‘ra ovoz berish uchun hech qanday pul to‘lovi yoki moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilmagan. Shuning uchun pul yoki sovg‘a va’da qilayotgan shaxslar firibgar bo‘lishi mumkin.
Shu bois fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslik, norasmiy botlar va shubhali takliflardan ogoh bo‘lish tavsiya qilindi.
Vazirlik fuqarolarni quyidagi tamoyilga amal qilishga chaqirdi:
“Mukofotlar uchun emas, hududingizdagi haqiqiy o‘zgarishlar uchun ovoz bering!”
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


