O‘zbekiston

Soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshsa, elektr to‘loviga cheklov qo‘yiladi

pic
Foto: Freepic.com

Loading

O‘zbekistonda soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, agar jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligi 1 million so‘mdan oshsa, elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtinchalik cheklov qo‘yilishi mumkin.

Mazkur tizim 2026-yil 16-apreldan boshlab Namangan viloyatida sinov tariqasida joriy etiladi. Shu maqsadda “Soliq billing” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilgan.

Tizim qanday ishlaydi?

Yangi tartib bo‘yicha fuqaro darhol cheklovga uchramaydi. Avvalo u bir necha bosqichda ogohlantiriladi:

  • dastlab soliq hisoblangani haqida xabarnoma yuboriladi;
  • keyin SMS orqali eslatma beriladi;
  • “Soliq” mobil ilovasi yoki my.gov.uz orqali ham ogohlantirish yuborilishi mumkin;
  • shundan so‘ng elektr to‘loviga cheklov qo‘yilishi mumkinligi haqida alohida SMS xabari keladi.

Fuqaro SMS orqali berilgan havola yordamida qarzdorlik qachon paydo bo‘lgani va ogohlantirish bosqichlari haqida ma’lumotni ko‘rib borishi mumkin.

Agar barcha ogohlantirishlarga qaramay qarz to‘lanmasa, elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklanadi. Qarzdorlik yopilishi bilan esa bu cheklov onlayn tarzda darhol bekor qilinadi.

Keyinchalik butun respublika bo‘yicha joriy etilishi mumkin

Mazkur tizim dastlab Namanganda sinovdan o‘tkaziladi. Natijalar ijobiy bo‘lsa, 2026-yil 1-oktyabrgacha boshqa hududlarga ham joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu mexanizm soliq qarzdorligini undirishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratiyani kamaytirish va mahalliy budjet tushumlarini oshirishga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.