Buxoro yangiliklari

Buxoroda sayyohlik mavsumi boshlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati turizm boshqarmasi

Loading

Ko‘hna va boqiy Buxoroning boy madaniy, tarixiy merosi, o‘z bag‘rida bir necha asrlik tarix sir-sinoatini saqlab kelayotgan mahobatli yodgorliklari hamda ziyoratgohlari turizm mavsumining ilk kunlarida sayyohlar bilan yanada gavjum bo‘lmoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar–fevral oylaridagi ko‘rsatkichlarga yuzlanadigan bo‘lsak, viloyatimizga 285,9 ming nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurib, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar orqali turizm eksporti 81,7 million AQSh dollariga yetdi.

Shu bilan birga, respublika hududlaridan Buxoroga 465,7 ming nafar mahalliy sayyoh kelgani qayd etildi. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida esa Buxorodan boshqa hududlarga 66,1 ming nafar fuqarolarning sayohatlari tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, yil yakuniga qadar qadimiy va hamisha navqiron Buxoroga 3,5 milliondan ortiq xorijiy hamda 5,5 milliondan ortiq mahalliy sayyoh tashrifi kutilmoqda.

Turizm mavsumining faollashuvi bilan shaharda mehmonlar uchun yaratilgan infratuzilma ham tobora takomillashib bormoqda. Mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari va servis xizmatlari soni oshib, sayyohlarga yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Ayniqsa, tarixiy obidalar atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, tungi yoritish tizimlarining yangilanishi va sayyohlar uchun yo‘naltiruvchi belgilar o‘rnatilishi shaharning jozibasini yanada oshirmoqda.

Bundan tashqari, milliy hunarmandchilik markazlari, suvenir bozorlari va gastronomik maskanlar faoliyati ham jonlanib, mehmonlarga Buxoroning boy an’analari bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.

Bahor fasli kirib kelishi bilan ochiq maydonlarda turli madaniy tadbirlar, folklor chiqishlari va milliy taomlar festivallari tashkil etilishi sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirishi kutilmoqda.

Bu esa nafaqat turizm sohasining rivojiga, balki hudud iqtisodiyotining o‘sishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va mahalliy aholi daromadlarining ortishiga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.