O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar AQShda ishlashi mumkin: oylik 3500 dollar atrofida
O‘zbekistonliklarni AQShga mavsumiy ishlarga yuborish bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Migratsiya agentligi va USA Farm Labor tashkiloti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik asosida fuqarolar H-2A dasturi doirasida AQShdagi qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinishi mumkin.
Mazkur dastur bo‘yicha ish muddati 9–10 oyni tashkil etadi, o‘rtacha oylik esa 3500 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ishchilarga turar joy ish beruvchi hisobidan taqdim etiladi.
Qayd etilishicha, USA Farm Labor 22 yildan buyon ushbu dastur orqali xorijiy ishchilarni AQShdagi qishloq xo‘jaligi sohasiga jalb qilib keladi. Tashkilot hozirda Shimoliy Amerikada 1400 dan ortiq fermer xo‘jaliklari va rancholar bilan hamkorlik qiladi.
Onlayn uchrashuvda Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va tashkilot rahbari Manuel Fisk o‘zbekistonlik nomzodlarni ilk bor ushbu dasturga jalb etish tartiblarini muhokama qildi. Unga ko‘ra, malakali mutaxassislarga ustuvorlik beriladi.
Tomonlar hamkorlikni tez fursatda yo‘lga qo‘yish va dastur doirasida ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib oldi.
Bu tashabbus o‘zbekistonliklar uchun xalqaro mehnat bozoriga chiqish, yuqori daromad topish va yangi tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, fuqarolarning qonuniy va xavfsiz mehnat migratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
Kelgusida bunday dasturlar soni ortishi orqali turli yo‘nalishlarda xorijda ishlash imkoniyatlari kengayishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


