O‘zbekiston
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada ish taklif etiladi. Oylik maosh 2000 dollargacha
Migratsiya agentligi hamda Yaponiyaning Proud Partners kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyada haydovchilik sohasiga ishga taklif etmoqda. Dastur doirasida 200 ta ish o‘rni ajratilgan.
Ma’lum qilinishicha, nomzodlar 2026-yil aprel oyida Angren shahrida boshlanadigan 8 oylik bepul o‘quv kurslarida ishtirok etishi kerak. O‘quv davomida qatnashchilar bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Tanlovda 21–35 yoshdagi nomzodlar, BC toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega (C toifani olganiga kamida 3 yil bo‘lgan) fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Yapon tilini biluvchilarga ustunlik beriladi.
Maosh miqdori oyiga 1200–2000 dollarni tashkil etadi va qo‘shimcha ish soatlari orqali daromadni oshirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, ish unumdorligiga qarab yiliga ikki marta bonuslar beriladi.
Nomzodlarga aviachipta xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi hamda tibbiy va ijtimoiy sug‘urta taqdim etiladi. Turar joy ish beruvchi tomonidan ta’minlanib, uning xarajati ish haqidan ushlab qolinadi.
Tanlov 30-martdan 3-aprelgacha onlayn suhbat shaklida o‘tkaziladi. Qatnashmoqchi bo‘lganlar Migratsiya agentligining “Xorijda ish” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Bu kabi dasturlar o‘zbekistonliklar uchun xorijda ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi hamda ularning kasbiy tajribasini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, fuqarolarning qonuniy va xavfsiz mehnat migratsiyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


