Islom
Shavvol oyining 6 kun ro‘zasi
Shavvol oyida olti kun ro‘za tutish nafl ro‘zalarning eng fazilatli turlaridan biridir. Faqatgina birinchi kun — Iydul fitr kuni ro‘za tutish harom qilingan.
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qilganlar:
“Ikki kun bor, u kunlarda ro‘za tutishdan qaytarildingiz: biri — ro‘zangizni ochgan kuningiz (Iydul fitr), ikkinchisi — qurbonlik go‘shtidan yeydigan kuningiz (Iydul adho)”.
Ro‘zaning hukmi
Ko‘pchilik ulamolar shavvol oyidagi olti kun ro‘zani sunnat deb hisoblaydilar. Bunga quyidagi hadis dalildir:
“Kim Ramazon ro‘zasini tutib, ortidan shavvoldan 6 kun qo‘shsa, go‘yo butun yil ro‘za tutgandek bo‘ladi”.
Fazilati
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar:
“Kim iyddan keyin 6 kun ro‘za tutsa, bu 1 yil ro‘za tutgandek bo‘ladi. Chunki har bir yaxshi amal o‘n barobar savob bilan yoziladi”.
Imom Nawawi (rahimahulloh) shunday deydilar:
“Ramazon o‘n oyga, shavvoldagi 6 ta kun esa 2 oyga teng bo‘ladi”.
Foydalari
Ibn Rajab al-Hanbali (rahimahulloh) quyidagi hikmatlarni zikr qilganlar:
- Ramazon ro‘zasining qabul bo‘lganiga alomat bo‘ladi
- Alloh bergan mag‘firat ne’matiga shukr ifodasidir
- Bandaning ibodatga muhabbati va davomiyligini ko‘rsatadi
Avval qazo, keyinmi?
Eng to‘g‘ri qarashga ko‘ra, avval Ramazondan qolgan ro‘zalar qazo qilinadi, so‘ng shavvolning oltita ro‘zasi tutiladi.
Faqat shavvoldami?
Hadislardan ko‘rinishicha, bu ro‘za aynan shavvol oyiga xosdir. Ketma-ket bo‘lishi shartmi? Bu ro‘zalarni ketma-ket ham, bo‘lib-bo‘lib ham tutish mumkin. Bu borada kenglik bor.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


