Sport
Buxorolik sportchilar Chirchiqda ham yuqori natija qayd etishmoqda
2026-yil 23–31-mart kunlari Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar hamda yoshlar (U-20) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati qizg‘in bahslar ostida davom etmoqda.
Musobaqada Buxoro viloyati sharafini himoya qilayotgan sportchilar ham yuqori natijalar bilan e’tiborni tortmoqda.
Xususan, Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchisi Muxlisa Bozorova 67 kg vazn toifasida ikki kurash bo‘yicha 156 kg natija qayd etdi. U kattalar o‘rtasida 1-o‘rin, yoshlar (U-20) bahslarida esa 2-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, yana bir buxorolik sportchi Adham G‘aybullayev ham yuqori natija ko‘rsatib, musobaqada 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida sportchilar o‘zaro kuch sinashib, rekord natijalarni yangilashga harakat qilmoqda. Har bir vazn toifasida raqobat keskin tus olib, ishtirokchilar maksimal natijalarni ko‘rsatishga intilmoqda.
Bunday musobaqalar yosh sportchilarning tajribasini oshirish va ularni katta sportga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bu chempionat iqtidorli atletlarni saralab olish va milliy terma jamoa safini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kelgusida ana shunday iste’dodli sportchilar xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishi kutilmoqda. Musobaqa yakunlariga ko‘ra esa yangi chempionlar nomi aniqlanib, kuchlilar saralab olinadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


