Hodisalar

Buxoroda fuqaroga xonadon ichida “butilka” bilan zo‘rlik qilish bilan tahdid qilib, pul talab qilgan narkomanlar ushlandi (video)

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, tezkor qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida yirik operatsiya o‘tkazildi. Natijada tovlamachilik va giyohvandlik bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Jinoyat qanday sodir etilgan?

2026-yilning 16-mart kuni bir guruh shaxslar o‘zaro til biriktirib, tanish bo‘lgan fuqaroni Buxoro shahridagi Zulfiya ko‘chasida joylashgan xonadonga «hisob-kitob qilish» bahonasi bilan chaqirtirishgan.

Ular jabrlanuvchiga nisbatan:

  • Jismoniy kuch ishlatishgan;
  • Ruhiy tazyiq o‘tkazib, qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etishgan;
  • Hayotiga suiqasd qilish bilan qo‘rqitishgan.

Guruh a’zolari jabrlanuvchidan 15 million so‘m miqdoridagi pulni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilishgan. Shuningdek, jinoyatni yashirish maqsadida fuqaroni giyohvandlik moddasini iste’mol qilishga majburlashgan.

Tadbir davomida aniqlanishicha, guruh a’zolari orasida:

  1. Sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar;
  2. Voyaga yetmagan shaxslar ham bo‘lgan. Ular o‘zlari ham muntazam ravishda giyohvandlik moddalarini iste’mol qilib kelishgan.

17-mart kuni o‘tkazilgan tadbirda gumonlanuvchilar talab qilingan 15 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Xonadon ko‘zdan kechirilganda gashish giyohvandlik moddasi hamda jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik ishlatishda foydalanish maqsad qilingan shisha idish topildi.

pic 02

Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi:

  • 165-modda, 2-qismi «v» bandi (Tovlamachilik);
  • 274-modda (Giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishga majburlash);
  • 276-modda (Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlash).

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.