Buxoro yangiliklari

Buxoroda bankdan olgan kreditini to‘lamagan fuqaroning Matiz avtomashinasi savdoga chiqarildi

pic
Foto: MIB Olot tumani bo‘limi

Loading

Majburiy ijro byurosining Olot tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan kredit qarzdorligini majburiy undirish choralari ko‘rilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor fuqaro K.A. dan Kapitalbank foydasiga 52 mln so‘m kredit qarzi undirish belgilangan. Shuningdek, undiruv qarzdorga tegishli garov mulki — “Matiz” rusumli avtomobilga qaratilgan.

Qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun muddat berilgan bo‘lsa-da, belgilangan vaqt ichida qarzdorlik bartaraf etilmagan.

Ijro harakatlari davomida avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, u aniqlangach, belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Qarzdorlik o‘z vaqtida qoplanmagani sababli, mazkur avtomobil elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Savdodan tushgan mablag‘lar to‘liq ravishda kredit qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.

Mazkur holat kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish muhimligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.