Mashhurlar
“Uch marta turmush qurib, uch marta ajrashganman”. Nilufar Usmonova hayotidagi kemtiklar va Jamshid Bobojonov bilan munosabatlari haqida
Xonanda Nilufar Usmonova Jamshid Bobojonov bilan do‘stligi, farzandlar tarbiyasi hamda hayotda anglagan haqiqatlari haqida so‘zlab berdi. Daryo shular haqida yozmoqda.
“Jamshidga turmushga chiqib oling, deyishadi”
— Muxlislarimning san’atimga nisbatan simpatiyasi kuchli. Aktyor sifatida, o‘ynagan rollariga nisbatan Jamshidga sevgilari ham kuchli. Uni duo qiladigan hoji onalar bor. Menga ko‘pincha “Siz Jamaga turmushga chiqib oling”, deb hatto hoji onalar ham yozishadi. Ba’zan iltimos, ba’zan qarg‘ish bilan ham yuqoridagidek gaplarni yozib qolishadi.
Shunday yaxshi bolani, menimcha, begonalardan qizg‘anishadi. Yana kimlardir bular do‘st, deydi. Aslida ham biz do‘stmiz. Do‘stligimiz jigarlikka o‘tib ketgan desam ham bo‘ladi — xuddi ota-onasi boshqa bo‘lgan opa-uka, aka-singildek, deydi Nilufar Usmonova.
“La’natlanganimga roziman”

— Har bir davrda insonlar san’atga har xil qaragan, shuning uchun turlicha baho bergan. San’at shunchalik kuchliki, uni ba’zan la’nat deb ko‘rishadi. San’at insonlarni birlashtiradi, ruhiga taskin beradi, yo‘naltiradi, nazorat qiladi, insonlarni ortidan ergashtira oladi. Bu juda kuchli narsa degani. Eng kichkina san’atning ham muxlisi bor. Har davrda bunga turlicha qarashgan. Masalan, qadimda kimdir qizil sochli, ko‘k ko‘zli bo‘lsa, jodugar deb yoqib yuborishgan.
Insonlarni nafaqat xursandchiligida, balki g‘am-alamda, yakka o‘zi qolib oynaga qarab ayta olmaydigan gaplarini san’atkor unga taskin qilib beradi. Kimningdir qalb og‘rig‘iga taskin berayotganimdan baxtliman. Agar shu narsa uchun “la’natlangan” bo‘lsam, men bunga roziman. Lekin bir narsa bor — hammasi niyatga bog‘liq, deydi xonanda.
“Mashhurlik erkimni tortib olyapti”

— Taniqlilik vaqtimni, erkinligimni olyapti. Shunga qarab Allohning yaxshi ko‘rgan bandasi ekanman, deyman. Ishimdan nolimasligim uchun Alloh menga qandaydir yetishmovchiliklar berib qo‘ygan. Hayotda ba’zi bo‘shliqlar bo‘ladi va men shu bo‘shliqlarimni san’atim, ish bilan to‘ldiraman. Hammaning hayotida qandaydir yetishmovchiliklar bo‘larkan baribir.
Ichki ruhiyatim tomonlama men uchun bo‘sh vaqt deyarli bo‘lmasligi aslida yaxshi. Chunki men hozir moliyaviy tomondan emas, ruhiy tomondan shunga muhtojman. Tabiatan ta’sirchan, his-tuyg‘ularsiz yashay olmaydigan insonman. Shuning uchun ham san’at juda band hayotimni rang-barang qilib turibdi. Har doim Allohdan minnatdorman — rizqimni aynan san’atdan topayotganim uchun. Agar mana shunday intizomda yashamaganimda, kim biladi, balki boshqa kamchiliklar meni yomon holatga solib qo‘yardi, deydi Nilufar Usmonova.
“Turmush o‘rtog‘im haqidagi savollarga javob beraman, qachonki…”

— San’atkorlik qiyin kasb bo‘lgan holda jurnalistika ham o‘ta nozik kasb. Birovning aybini olib chiqish, oshkor qilish, birovning nozik tomonini fitna orqali ochish — bu eng katta gunoh. Agar dunyo qonunlariga ishonadigan bo‘lsak, qaytar dunyo bor narsa: yaxshiligingiz ham, yomonligingiz ham bumerang bo‘lib o‘zingizga qaytadi.
Biz hozir birovning aybi bilan tirikchilik qiladigan zamonda yashayapmiz. Lekin inson qalbini asrashimiz kerak. Menga turmush o‘rtog‘im haqida ko‘p savollar berishadi — bu o‘ta shaxsiy savol aslida. Agar kimdir o‘zi uchun qiziqib so‘rayotgan bo‘lsa, kamera ortida, suhbatda aytaman. Yana shuni aytmoqchimanki, insonning baxtli ekanligi uning ko‘zlarida aks etadi, deydi u.
“Uch marta turmush qurib, ajrashganman”

— Uch marta turmushga chiqqanman va uch marta ajrashganman. Birinchi turmush o‘rtog‘im olamdan o‘tgan — taqdir taqozosi bilan shunday bo‘lgan. Shu hayotni yashab o‘tganimdan roziman. Besh farzandim bor. Uch o‘g‘lim — erkagim bor meni sevadigan. Saida’zamxon, Ibrohimxon, Sulaymonxon — bular mening qanotlarim, tog‘larim. Yoshroq paytlarimda farzandlarimga mehrim bunchalik bo‘lmagan. Yillar o‘tgan sayin onalik muhabbati oshib borar ekan. Shu sababli bugungi yosh onalarni muhokama qilmayman, chunki vaqtida o‘zim ham ularday bo‘lganman.
Hali bola paytimda ba’zi kamchiliklarim bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik farzandlarim 3, 4, 5 nafar bo‘lishganida Alloh menga bergan ne’matlarini jiddiyroq tushunib yetganman. Ertangi kundan umidim borligi uchun hozir hayotdan boshqacha rohatlanaman. Farzandlarim mendan keyin ham umidim bo‘lib qolaverishadi. Dunyodan o‘tsam ham, ruhim, xotiram ular sabab tirik bo‘ladi, deydi xonanda.
“Onam Yulduz Usmonova bo‘lsa-da, hamon yangilik izlashdan to‘xtamaydi”

Hammaning orzu-havasi, yetishmovchiliklari bo‘ladi hayotda — kimdadir pul, kimdadir yor, boshqa birovda farzand, yana kimdadir vaqt yetishmovchiligi. Menda ham bir-ikki yetishmovchilik bor. Bu narsalarga yetishish uchun har tomonlama izlanishdaman. Psixologiyani o‘qisak, “boshqalarga emas, vijdonan yashashing kerak”, degan ma’no chiqadi.
Lekin ba’zilar shuni ham pul uchun yo‘nalishlarga bo‘lib tashlashdi. Bunga ham aql kerak aslida — pul qilib sotish uchun. Insonlar hozir o‘z xarakterini qayta “sotishyapti”. Kimdir o‘tirib: “Sen shundaysan, kuchlisan”, kabi allambalo gaplar bilan. Shu gaplar uchun pul to‘lab, ruhlanib chiqib ketasiz oldidan.
Lekin olimlarning, so‘fiylarning kitoblari rostdan ham o‘rganish kerak bo‘lgan narsa. Hali onam o‘qiydigan kitoblar darajasiga kelmadim. Masalan, onam G‘azzoliyning kitoblarini o‘qiydilar. Misol uchun, onam — Yulduz Usmonova bo‘lsalar, u kishining ham nabiralari, ishi, turmush o‘rtog‘i bo‘lsa-da, ularga nimadir yetishmaydi, yana o‘rganadi. Demak, hali ham yetishmovchilik bor hayotida — izlanyapti, to‘xtamayapti.
Men ham andozani onamdan olaman. Ularga o‘xshab izlanaman. Odamlarga kitoblardan ko‘ra hozir kim kim bilandir urishgani qiziq. Masalan, bir qo‘shiq chiqarib Instagram’ga qo‘yay. Odamlarga bu qiziq emas. Undan ko‘ra mening hayotimga ko‘proq qiziqishadi. Biz mana shunday jamiyatda yashayapmiz. Ikkita-uchta kontent kerak hozir — hayotda u qadar baxtli bo‘lmasa-da, o‘zini ijtimoiy tarmoqlarda rang-barang hayotda yashayotgandek ko‘rsatish uchun, deydi xonanda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


