Jahon

Hindistonga kirishda elektron immigratsiya kartasi joriy etiladi

pic
Foto: Tourmyindia.com

Loading

Hindistonga kirish tartibi o‘zgarmoqda. 2026-yil 1-apreldan boshlab barcha xorijiy fuqarolar uchun elektron immigratsiya kartasi (e-Arrival Card)ni to‘ldirish majburiy bo‘ladi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, yo‘lovchilar mamlakatga yetib kelishidan kamida 72 soat oldin maxsus elektron kartani onlayn tarzda to‘ldirishi lozim. Ushbu jarayonni Hindiston viza xizmatining rasmiy sayti yoki Su-Swagatam mobil ilovasi orqali amalga oshirish mumkin.

Qayd etilishicha, qog‘oz shaklidagi immigratsiya kartalari faqat 2026-yil 31-martgacha amal qiladi. Shundan so‘ng barcha kirish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi.

Mutasaddilar ogohlantirishicha, elektron karta oldindan to‘ldirilmagan taqdirda pasport nazoratidan o‘tishda kechikishlar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois yo‘lovchilarga hujjatni safardan oldin rasmiylashtirish tavsiya etilmoqda.

Hozirda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida haftasiga qariyb 20 ta aviaqatnov amalga oshirilmoqda. Elchixona vakillari ham fuqarolardan ortiqcha navbatlar va muammolarning oldini olish uchun e-Arrival Card’ni oldindan to‘ldirishni tavsiya qilmoqda.

Yozgi parvozlar jadvali doirasida reyslar soni va yo‘nalishlari kengayishi kutilmoqda. Jumladan, Uzbekistan Airways Namangan va Dehli o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Centrum Air ikki davlat poytaxtlari o‘rtasidagi parvozlar sonini haftasiga uch martagacha oshirishni ko‘zlamoqda. Qanot Sharq esa Toshkent—Dehli—Toshkent yo‘nalishida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Mazkur yangiliklar ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash bilan birga, fuqarolar uchun sayohat jarayonini yanada qulay va tezkor qilishga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.