O‘zbekiston
“Texpasport”ni har 5 yilda yangilash talabi kiritildi
O‘zbekistonda “texpasport” (transportni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi) endi 5 yil muddat bilan beriladi. Ushbu yangi tartib 30-mart kuni imzolangan hukumat qarori bilan belgilandi.
Amaldagi guvohnomalarda sana mavjud bo‘lsa-da, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan edi. Endilikda esa har bir transport hujjati aniq muddat bilan rasmiylashtiriladi.
Hozircha yangilash to‘lovi alohida belgilanadimi yoki amaldagi tariflar saqlanib qoladimi — bu masala ochiq qolmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi oddiy avtomobillar uchun 6,84 BHM (taxminan 2,8 mln so‘m) etib belgilangan.
Elektromobil, mototsikl va tirkamalar uchun esa bu to‘lov 1,5 BHM (taxminan 618 ming so‘m)ni tashkil etadi.
Shuningdek, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov BHMning 10 foizi (taxminan 41 200 so‘m) etib belgilangan.
Yangi tartib hujjatlar nazorati, transport hisobini yuritish va tizimni tartibga solishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


