Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi “psixbolnitsa” faoliyati o‘rganildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov hamda viloyat hokimi Botir Zaripov xizmat safari doirasida ijtimoiy muassasalar faoliyati bilan tanishdi.
Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik markazining Buxoro filiali faoliyati atroflicha o‘rganildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam salomatligini tiklash borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, bemorlarni faol hayotga qaytarish va sog‘lomlashtirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
Tashrif davomida muassasadagi sharoitlar, davolash jarayonlari hamda psixologik yordam xizmatlari chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, bemorlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va reabilitatsiya tizimi alohida e’tiborga olindi. O‘rganishlar yakunida sohani takomillashtirish va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, Buxoroda ruhiy salomatlik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar so‘nggi yillarda tizimli rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, psixologik yordam xizmatlari kengaytirilib, aholining ushbu xizmatlarga bo‘lgan murojaatlari ortib bormoqda.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan bemorlarni ijtimoiy hayotga qaytarish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha individual yondashuvlar qo‘llanilmoqda, profilaktik tadbirlar orqali ruhiy kasalliklarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kelgusida ham ruhiy salomatlik tizimini yanada rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


