Islom
Gunohga jur’at etgan kimsa Allohning ulug‘ligini to‘liq his etolmaydi
Gunoh-ma’siyatlarning ziyoni kattadir. Ularning qalbga ta’siri zaharning badanga yetkazadigan zarariga o‘xshaydi. Dunyo-yu oxiratda qanday musibat, yomonlik bo‘lmasin, uning sababi gunohlar bo‘ladi. Shu ma’noda quyida gunohlarning qalbga ta’siri haqida to‘xtalib o‘tamiz:
Gunohlar bandaga Allohning ulug‘ligini unuttiradi
Gunohkor banda Allohning buyukligini unutadi. Agar banda Allohning naqadar ulug‘ligini his qilsa, Parvardigoriga osiy bo‘lishga jur’at etolmaydi. Ba’zilar: “Mening Allohdan umidim katta, U Mehribon Zot. Shu narsa meni gunoh qilishga undamoqda”, deyishi mumkin. Bunday odamga aytamiz: “Banda qalbida Allohning ulug‘ligi mustahkam o‘rnashsa, U Zot belgilab bergan chegaradan o‘tmaydi, ta’qiqlangan ishlarni qilishga haddi sig‘maydi. Banda qalbidagi qo‘rquv bilan umid uni gunohdan to‘sib turadi. Gunohga jur’at etgan kimsa Allohning ulug‘ligini to‘liq his etolmabdi”.
Gunohlar Allohni unuttiradi
Gunoh sodir etish bilan banda Allohni unutadi. Alloh bunday bandani o‘z holiga tashlab qo‘yadi. Endi u nafsi hamda shayton bilan xoli qoladi. Alloh uning qalbini zikridan g‘ofil qilib qo‘yadi. Natijada banda ho-yu havaslariga ergashib, to‘g‘ri yo‘ldan adashib ketadi.
Gunohlar bandani ehson doirasidan chiqaradi
Bu yerda “ehson” deganda, Allohni ko‘rib turgandek ibodat qilish nazarda tutilmoqda. Gunohlar bandani muhsinlar savobidan mahrum etadi. Zero, Allohni ko‘rib turgandek ibodat qilgan inson Allohni doim zikr qiladi, Uni yaxshi ko‘radi, azobidan qo‘rqadi, rahmatidan umid qiladi, qayerda bo‘lmasin, Alloh uning holatini ko‘rib-bilib turganini his etadi. Mana shu ishonch bandani ma’siyatdan to‘sadi.
Gunohlar qalbni zaiflashtiradi
Gunohlar qalbning Allohga, oxirat diyoriga moyilligini zaiflashtiradi. Qalb o‘z quvvati bilan Allohga rag‘bat qiladi. Gunohlar mana shu quvvatni kuchsizlantiradi, qalbni xavfli kasallikka chalintiradi. Agar gunohlar ketma-ket sodir etilaversa, banda sekin-asta Parvardigoriga yuzlanmaydigan, dunyoni oxiratdan ustun qo‘yadigan kimsaga aylanadi.
Gunohlar qalbga qo‘rquv, hadik soladi
Alloh taolo osiy banda qalbiga qo‘rquv soladi. Qachon qarama, uning bezovta holda yurganini ko‘rish mumkin. Agar shamol esib eshikni ochib yuborsa ham ko‘ngli behuzur bo‘ladi. Qattiqroq ovoz yoki qandaydir ogohlantirish o‘ziga qaratilgan deb gumon qiladi. Zero, toat-ibodat Allohning mustahkam qo‘rg‘onidir. Kim bu qo‘rg‘onga kirsa, dunyo va oxirat azob-uqubatlaridan omon bo‘ladi. Kimda-kim bu qo‘rg‘ondan chiqsa, uni har tarafdan xavf-xatar o‘rab oladi. Demak, kim Allohga itoat etsa, qo‘rquvi xotirjamlikka aylanadi. Kim U Zotga isyon qilsa, xotirjamligi bezovtalikka almashadi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


