Mashhurlar
O‘zbek san’atidagi noyob qobiliyatga ega mashhurlar
Hayotda noyob qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadigan insonlar borligi haqida eshitganmisiz? Eng qizig‘i, o‘zbek sanʼati vakillari orasida ham noyob qobiliyati bilan eʼtirof etiladiganlar bor. Daryo shular haqida yozmoqda.
Munojat Alimboyeva: “Ko‘zim jodugarlarnikiga o‘xshaydi”
Aktrisa Munojat Alimboyevaning ko‘z ranglari ikki xil. To‘g‘ri buni bir qarashda payqash qiyin, ammo sinchiklab qaragan inson uning ko‘zining rangi bir-biridan farq qilishini payqaydi.

— Bir ko‘zimning rangi qora, boshqasi esa jigarrang. Ko‘zimning rangi bir-biridan farq qilishini bolaligimdayoq payqashgan. Avvaliga buni qandaydir kasallik alomati bo‘lsa kerak deb o‘ylashgan ekan. Chunki qarindoshimiz orasida hech kimning ko‘z ranglari bunday emas. Qiziqib o‘rganib ko‘rganimda, tarixda jodugarlarning ko‘zi ikki xil bo‘lgan ekan. Baʼzan menda ham jodugarlik alomatlari bormikan deb o‘ylab qolaman, deydi aktrisa kulib.
Yulduz Turdiyeva: “Tanamga temir jismlar yopishadi”
Yulduz Turdiyeva ham noyob xislatli insonlar toifasiga kiradi. Undagi kuchli biotok sabab temir jismlar tanasiga yopishadi.

— Bu qobiliyat hisoblanadimi-yo‘qmi, bilmayman. Qo‘l va yuzimga qoshiq va vilkalar yopishadi. Bu xislatim borligini bolaligimdayoq bilganmiz. Aslini olganda, har bir insonning o‘ziga xos biotok energiyasi bo‘ladi. Bunday qobiliyatdan odamlarni davolashda ham foydalanishadi. Ammo menda bunday xohish bo‘lmagan, deydi Yulduz Turdiyeva.
Egamberdi Rahimov aktyorlikdan ketib, tabiblik qilyaptimi?
“Tubanlik” filmidagi Qo‘chqor roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Egamberdi Rahimovni ham noyob qobiliyatli insonlar toifasiga kiritish mumkin. U aktyorlikdan tashqari, tabobat ilmiga ham qiziqadi.

— Tabiblikka qiziqishim avvaldan bo‘lgan. Uning aktyorlik faoliyatimga hech qanday taʼsiri yo‘q. Sunʼiylikdan ko‘ra, tabiiy neʼmatlar orqali shifo topishni maʼqul ko‘raman. Buni ijoddagi yaqinlarim ham bilishgani uchun kinolarda ko‘rinmay qolsam “Aktyorlikni tashlab, tabiblik qilyapsizmi?” deb kulishadi. Tabobatga ham qiziqqanim uchun bu boradagi adabiyotlarni ham o‘qib, bilmaganlarimni o‘rganaman, deydi Egamberdi Rahimov.
Muhammadali Abduqunduzov kuchli xotira egasi
O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzovni ijod ahli kuchli xotira egasi sifati yaxshi bilishadi. U qisqa vaqtda murakkab ssenariylarni ham yod olish xususiyatiga ega.

— Aslida aktyor uchun ssenariyni yod olish yangilik emas. Chunki kasbning masʼuliyati bevosita unga bog‘liq. Biz endi ishga kelgan vaqtda bunga alohida eʼtibor berilardi. Shu bois rolga taklif etishsa, ssenariyni talab etaman. Ssenariy yodimda qolishi uchun har bir jumlaga alohida eʼtibor beraman, deydi aktyor Muhammadali Abduqunduzov.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


