O‘zbekiston

Buxoro xalqaro aeroportida “Buxoro–Novosibirsk–Buxoro” yo‘nalishida ilk parvoz amalga oshirildi

pic
Foto: Buxoro xalqaro aeroporti

Loading

Kecha, 3-aprel kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Buxoro–Novosibirsk–Buxoro yo‘nalishida ilk parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Mazkur yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan aeroportda keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir aeroport hududida ko‘tarinki ruhda, milliy an’analarimizga xos tarzda bezatilgan muhitda o‘tkazildi.

pic 04

Buxoroisharif.uz ga ma’lum qilinishicha, tantanali marosim davomida ishtirokchilar uchun milliy raqslar ijro etilib, mehmonlarga o‘zbekona mehmondo‘stlik namunasida turli milliy taomlar tortildi. Ayniqsa, sayil ruhida tashkil etilgan chiqishlar yo‘lovchilarga va mehmonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Aeroportda hukm surgan bayramona muhit barcha ishtirokchilarning kayfiyatini ko‘tarib, ushbu tarixiy voqeaga alohida fayz bag‘ishladi.

Yo‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tkazilish jarayonida ularga qulay sharoitlar yaratilib, xizmat ko‘rsatish sifati yuqori darajada tashkil etildi. Tantanali ochilish marosimida qatnashganlar yangi yo‘nalishning ochilishini hudud uchun muhim transport yangiligi sifatida e’tirof etdilar. Ushbu aviaqatnov ikki shahar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam ekani ta’kidlandi.

pic 02

Parvoz oldidan yo‘lovchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ular uchun maxsus bayramona dastur tashkil etildi. Yo‘lovchilar esa bunday e’tibor va tashkiliy ishlar uchun o‘z minnatdorligini bildirib, yuqori kayfiyatda safarga otlandilar. Shundan so‘ng samolyot belgilangan vaqtda havoga ko‘tarilib, yo‘lovchilarni o‘z manziliga olib yo‘l oldi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, ushbu yo‘nalish bo‘yicha reyslar haftasiga bir marotaba — juma kunlari amalga oshiriladi. Yangi aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi Buxoroning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda hududning xalqaro nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.

pic 05

Shuningdek, bu yo‘nalish orqali Buxoro va Novosibirsk o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalari yanada rivojlanishi kutilmoqda. Mutaxassislar fikricha, bunday yangi reyslar ochilishi nafaqat yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi, balki hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Kelgusida esa yana yangi xalqaro yo‘nalishlarni ochish orqali aviatsiya imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.