Mashhurlar
“Doim go‘zal chehralarni ko‘rsam, mehrim tovlanadi” – asli buxorolik aktyor, rejissor Said Muxtorov
Buxorodagi o‘rtahol oiladan chiqqan, Toshkentga kelib san’at oliygohida tahsil olgan, aktyorlik va rejissyorlik faoliyatida bir nechta kinokartinalar yaratgan, aktrisa Madina Muxtorovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Said Muxtorov hozirda ijoddan ancha uzoqlashgan. U sog‘lig‘idagi muammolar sabab davolanib chiqqach, YouTube’dagi “Mirsodiqova bilan” dasturiga oilasi, rafiqasi va hayotidagi sinovli kunlar haqida intervyu berdi. Daryo shu haqida yozmoqda.
“Doktorlardan charchab ketdim”
— Men nevrologiya shifoxonasida ertalab uyg‘onishim juda og‘ir bo‘lardi. Bomba tashlasangiz ham turgingiz kelmaydi. Chunki tinchlantiruvchi dorilar ta’siri bilan tinch uxlayman. Shundan keyin meni uyg‘otish qiyin bo‘lib qolgandi. Juda ko‘p joyda davolandim, ko‘pi yoqmadi. Qo‘limda uvishish bor edi. To‘g‘risi, vrachlardan charchab ketdim. Kasalligimning turiga tushunmayman, xuddi chayqalib yurgandek bo‘laman, tetikligim faqat dori hisobiga, deydi aktyor.
Said Muxtorovning ikki o‘g‘li bor. Aktyor hozirda yolg‘iz yashaydi
— Ota-bobolarimiz “Yolg‘izlik faqat Allohga xos”, deb bekorga aytishmagan. Yolg‘iz yashash qiyin. Sog‘liq ham bir umr turmaydi. Biror o‘g‘limning uyiga bormasligim yoki birini o‘zimnikiga olib kelib yashamaganimning sababi bor. Yosh oilalar eng go‘zal davrini bir-biri bilan o‘tkazsin, deyman. Ularning hazillari, qiliqlari bo‘ladi bunga xalal bermaslik uchun yolg‘iz yashayman.
O‘g‘illarim biznes sohasida, tog‘alari bilan ishlashadi. Katta o‘g‘lim Sardor tadbirkor, kichigim Sanjar ham tog‘alarining yonida. Tarbiya topsin, mehnat qilsin deb ularning yoniga qo‘yganman. Bolalarim doim nazoratimda bo‘ladi, deydi aktyor.
Said Muxtorov sobiq rafiqasi, farzandlarining onasi, aktrisa Madina Muxtorovaga qaysi jihatlari uchun rahmat deydi? Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor yosh Madinani hatto o‘g‘irlab ham ketgan. Chunki buxorolik yosh yigitning Toshkentda uyi yo‘qligi, poytaxtda qanday yashashiga qaynona-qaynotasi shubha qilgan.

— Bobolari, rahmatli otasi Madinani go‘zal tarbiyalab, halol, pokiza rizq bilan katta qilgan. Shunday qiz Buxoroga, millat tanlamasdan mening oddiy ota-onamga kelin bo‘lib kelganiga, mahallamda ularning yuzini yorug‘ qilib, xizmatini qilganiga rahmat deyman. Bu dunyoda Madinadan boshqa tarbiyali qizni ko‘rmadim. U bolalarimning chiroyli onasi. Yoshligimda sho‘xliklarim, ko‘chada daydiliklarim bo‘lgan. Bizning oilamizda tark etib bo‘lmaydigan go‘zallik bor edi, deydi Said Muxtorov.
So‘nggi 5—10 yil ichida Said Muxtorov va rafiqasi Madina Muxtorova ko‘p mish-mishlarga duch kelgan. Ammo aktyor ikkinchi marta turmush qurmaganini aytdi. Bundan keyin Said Muxtorov “Qadam” serialidagi bosh rol ijrochisi aktrisa Kamila Gimandinovaning nomusiga tajovuz qilgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Xo‘sh, bu tuhmatmi, agar tuhmat bo‘lsa, Said Muxtorov u qizni javobgarlikka tortganmi?

—Ularning millati yo‘q, elati yo‘q. O‘sha paytda ham javob berganman. Mana, oradan qancha vaqt o‘tdi, nechta er ko‘rdi. Ularning tarbiyasi yo‘q-da, tarbiyasi faqat tuhmat bilan bog‘liq. Bir oila bo‘lib, kim bilandir baxtli yashadimi? Yo‘q. Tag-tugi bilan yo‘q bo‘lib ketdi, deydi u.
“Go‘zal chehralarni ko‘rsam mehrim tovlanadi”

— Har qanday erkak go‘zal ayolga, go‘zal chehraga jonini beradi. Nima bo‘libdi, u hayotning go‘zalligi, chiroyli tomoni-ku. Chiroyli gulni ko‘rsangiz, uzasiz. Go‘zallik doim ko‘payaversin, unga qarshi kurashish kerak emas. Men bir umr go‘zallik shaydosi bo‘lganman. Adabiyotning ham o‘z go‘zalligi bor, lekin men olgan tarbiyada san’at, kino, ekranlarda go‘zallik bilan ishlaganmiz. Chiroyli aktrisalarni tanlab-tanlab olib, go‘zal obrazlar yaratganmiz va bu davom etadi. Doim go‘zal chehralarni ko‘rsam, mehrim tovlanadi, deydi aktyor.
“Tuhmat bilan qamoqqa tushganman”
— Erkak kishi qamaladi-da. Boshim tuhmatlarni ko‘rgan. Onalarimiz beshikda boshimizga qayroq tosh bosib qo‘yib, “boshlaring toshdan bo‘lsin”, derdi. Tuhmat ham bor, yomon ko‘z bilan qaraydiganlar ham bor. Lekin haqiqat baribir g‘olib bo‘ladi. Tergovda uzoq vaqt “Toshturma”da o‘tirib, tuhmatlarga qarshi kurashganman. “Zona”gacha yetib bormaganman. Ko‘rganlar ham kino olyapti bular, deb o‘ylagan. O‘sha davrda Laxmash degan shaxs qamalgan, u tuhmatlar va kaltaklar bilan odamlarni qo‘rqitib, tasdiq qo‘ydirib pul olardi. Uni itdan ham yomon ko‘rardim. Juda azob edi. Ular bilan kurashganman. Keyin shunga javoban “Afv” degan filmni suratga olganman. Prezident qarori bilan minglab odamlar afv etilishi aynan shu filmni yaratishga turtki bo‘lgan, deydi rejissyor.
Said Muxtorovning rollaridan ko‘ra, shaxsiyati ko‘proq muhokama qilinadi. U o‘zi haqida odamlar nimani bilishini istaydi?
— Odamlar san’atkorlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishini, har qanday gap-so‘zlarga ishonmasliklarini xohlayman. Hech qaysi san’atkor “yomon bo‘lay” demaydi. Ular yaratgan obrazlarining go‘zalligi uchun kurashadi. Lekin tomoshabin talqinida fikrlar o‘zgarib ketadi. Men xalqni yaxshi ko‘raman va ular bergan bahoni to‘g‘ri qabul qilaman, deydi Said Muxtorov.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


