Buxoro yangiliklari

Jahongir Shodiyev Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga bosh vrachi etib tayinlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati SSB

Loading

Kuni kecha Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Jahongir Ahatovich Shodiyev viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi etib tayinlandi.

Jahongir Shodiyev 1990-yilda Kogon tumanida tug‘ilgan. U 2014-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Shuningdek, u otolaringologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani o‘tagan hamda tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Mutaxassis sifatida otolaringolog, tibbiy pedagog hamda yuz-jag‘ xirurgiyasi yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelgan.

Tayinlovga qadar u mazkur markazning yuz-jag‘ xirurgiyasi va otolaringologiya bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangi rahbarning tayinlanishi markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xususan, zamonaviy davolash usullarini joriy etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Bundan tashqari markazda innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash, murakkab kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.