O‘zbekiston

Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

pic
Foto: Prezident.uz

Loading

Kecha, 6-aprel kuniShavkat Mirziyoyev raisligida 6-aprel kuni mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi va armiyada kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim takliflar ko‘rib chiqildi.

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatchilar uchun bir qator imtiyozlar va kafolatlar joriy etilishi belgilandi. Endilikda askarlar harbiy xizmat davrida oliygohlarga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu jarayonda harbiy qismlarda abituriyentlar uchun maxsus tayyorlov kurslari tashkil etilib, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

pic 02

Shuningdek, shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan askarlarga foizsiz kredit ajratiladi. Eng muhim jihatlardan biri — oliygohga qabul qilingan harbiy xizmatchilar harbiy fakultet talabalari bilan tenglashtirilib, o‘qishni tugatgach ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.

Namunali xizmat o‘tagan, sport musobaqalari yoki fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan askarlar uchun esa test sinovlarisiz qabul qilish tartibi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Yana bir muhim yangilik — “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3–6 oylik o‘quv kurslari tashkil etilib, yakunda davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar uchun ham qo‘llab-quvvatlash choralari nazarda tutilgan. Xususan, xususiy sektorda ishlash istagidagi fuqarolarning kasb-hunar o‘qish xarajatlari vaucher asosida qoplanadi.

Davlat tashkilotlarida ishlashni istagan yoshlarga esa test sinovlarida 10 foizlik imtiyoz ballari beriladi, bu esa ularning ishga joylashish imkoniyatini oshiradi.

pic 03

Yig‘ilishda harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda har yili to‘rt bosqichli “Ma’naviyat qalqoni” respublika tanlovi o‘tkazilishi belgilandi.

Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchilar zamonaviy elektromobil va boshqa qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi, bu esa yoshlar orasida bilim va ma’naviyatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi.

Davlat rahbari mazkur tashabbuslarni ma’qullab, ularning amalga oshirilishi yurtimiz uchun bilimli, malakali va vatanparvar kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.