Buxoro yangiliklari

Rasman: Jalol Arashov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoroisharif.uz ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan, Jalol Samandarovich Arashov vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jalol Arashov 1988-yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. U 2009-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005–2009-yillarda talabalik davridan boshlagan Arashov, 2009-yilda Buxoro viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasida 1-toifali arxitektor sifatida ish boshlagan. Keyinchalik u iqtisodiy islohotlar va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2011–2018-yillarda u mazkur boshqarmada kadrlar bo‘yicha inspektor sifatida ishlagan. 2018–2019-yillarda esa viloyat qurilish bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimini egallagan.

2019-yilda loyiha va pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha rahbarlik lavozimida ishlagan Arashov, shu yili Qurilish vazirligi markaziy apparatida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangan.

2020–2022-yillarda u Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 2022–2023-yillarda Qurilish vaziri o‘rinbosari, 2023-yilda esa Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Buxoro viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga ishlagan.

Ko‘p yillik tajriba davomida Jalol Arashov qurilish sohasida malakali boshqaruvchi sifatida shakllandi.

Mazkur tayinlov sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va kommunal xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, yangi rahbar tomonidan shaffoflikni ta’minlash, loyiha va pudrat tizimini takomillashtirish hamda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilishi muhim.

Kelgusida uy-joy qurilishi hajmini oshirish, infratuzilma loyihalarini jadallashtirish va aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbuslar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.